Arxiv

Koronavirusdan tuzalganlar soni 563 kishiga yetdi
24 aprel 2020, 11:02

Koronavirusdan tuzalganlar soni 563 kishiga yetdi

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Koronavirus bemorlari soni 1778 kishiga yetdi
24 aprel 2020, 10:21

Koronavirus bemorlari soni 1778 kishiga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 20 nafarga ortib, jami 1778 kishini tashkil etmoqda.

O‘zbekiston COVID-19 oqibatlariga qarshi kurashish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar qarz oladi
23 aprel 2020, 23:49

O‘zbekiston COVID-19 oqibatlariga qarshi kurashish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar qarz oladi

Xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekiston hukumatiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash va Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasini moliyalashtirish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar kredit mablag‘larini taqdim etadi.

COVID-19 tasdiqlangan holatlar 1758 tani tashkil etmoqda
23 aprel 2020, 23:12

COVID-19 tasdiqlangan holatlar 1758 tani tashkil etmoqda

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 kishiga oshib, 1758 nafarni tashkil qilmoqda.

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondi 5 ming nafar ayolga moddiy yordam berdi
23 aprel 2020, 21:29

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondi 5 ming nafar ayolga moddiy yordam berdi

«Zamin» fondi 5 mlrd so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘ini O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj 5 ming nafar ayolga yo‘naltirdi. Fond atrof-muhitni muhofaza qilish, havo ifloslanishini monitoring qilish, eshitish qobiliyati zaif bolalarning yashash va ta’lim sharoitlarini yaxshilash va boshqa yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish topshirildi
23 aprel 2020, 21:14

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish topshirildi

Prezident “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish, tannarxni raqobatchilarga nisbatan arzonlashtirib, tashqi bozorlarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, YeI bozorlari uchun GSP+ maqomini olish hamda mahsulotlarni BSI standartlari asosida sertifikatlashni jadallashtirish topshirildi.

Koronavirus: tuzalgan bemorlar soni 561 kishiga yetdi
23 aprel 2020, 20:00

Koronavirus: tuzalgan bemorlar soni 561 kishiga yetdi

Buxoro viloyatida 58 nafar bemorning koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilindi. Kun davomida jami 111 kishi infeksiyadan xalos bo‘ldi.

Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
23 aprel 2020, 19:26

Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Koronavirus bemorlari soni 1735 kishiga yetdi
23 aprel 2020, 19:15

Koronavirus bemorlari soni 1735 kishiga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga oshib, jami 1735 kishiga yetdi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishidan oshdi
23 aprel 2020, 18:54

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishidan oshdi

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Hozirgi vaqtda umumiy kasallikka chalingan bemorlarning deyarli 30 foizi sog‘aygan.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishiga yaqinlashdi
23 aprel 2020, 17:55

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishiga yaqinlashdi

Yana 9 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 495 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
23 aprel 2020, 17:43

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Xamrayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yana 32 nafar koronavirus bemori tuzaldi
23 aprel 2020, 16:56

Yana 32 nafar koronavirus bemori tuzaldi

O‘zbekistonda navbatdagi 32 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 31 nafari Buxorodan, 1 nafari Jizzaxdan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 486 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi
23 aprel 2020, 16:18

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 3,5 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 1,130 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

“Narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emas” — prezident
23 aprel 2020, 15:45

“Narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emas” — prezident

Shavkat Mirziyoyev dehqon va ishlab chiqaruvchilarga murojaatida narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emasligi, chunki ularga davlat qo‘lidan kelgancha ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuror narx-navo bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.

Koronavirus bemorlariga davlat byudjetidan qancha pul sarflanmoqda?
23 aprel 2020, 15:09

Koronavirus bemorlariga davlat byudjetidan qancha pul sarflanmoqda?

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar, gumon qilinganlar va karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. O‘rta ahvoldagi har bir bemorga 32 mln so‘m, og‘ir ahvoldagi bemorga esa o‘rtacha 62 mln so‘m sarflanmoqda.

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda
23 aprel 2020, 14:46

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda

Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Boysunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi
23 aprel 2020, 13:26

Boysunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi

Boysunda yarim tunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning qo‘ylarini urib yubordi. Natijada cho‘pon hodisa joyida halok bo‘ldi.

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi
23 aprel 2020, 13:15

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 4 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 454 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda
23 aprel 2020, 13:14

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda

Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting