O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.
BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.
Maktab ta’limiga yangiliklar kiritish taklif etilmoqda: maktab direktorlarini mahalliy deputatlar kengashi roziligi bilan ishga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, universitetga kirishda o‘quvchining maktab davridagi o‘rtacha baholarini hisobga olish fikri ilgari surilmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tahlil qiladi.
«O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Klinik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vaksina maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Rejaga asosan ular 5000 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkaziladi.
Murad Qurbanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Oldingi vazir may oyida tayinlangan edi.
Yangi tashkil etilgan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi davlat xaridlari doirasida 1,5 mlrd so‘mga Chevrolet Tahoe, ikkita Malibu va Lacetti sotib oldi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.
Azamat Matkarimov Mo‘ynoqqa va qisqarib borayotgan Orol sohillariga ko‘p tashrif buyuradi. U har doim o‘zi bilan kamerani olib, inson va tabiat o‘rtasidagi abadiy munosabatlarni suratga oladi.
Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Normatov O‘zbekiston «Lukoyl»dan eksport bahosidan past narxda 5 mlrd kub metr gaz xarid qilganini ma’lum qildi. «Agar yana qo‘shimcha talab bo‘lsa, kelishilgan narxlarda ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin», — deya ta’kidladi.
Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi.
Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlab, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, izchil rivojlanish va yangi tajriba orttirish yili bo‘lganini ta’kidladi.
CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim vazifasini bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev, Qorao‘zak tumani hokimi etib Uzaqbergen Utambetov va Chimboy tumani hokimi lavozimiga Aybek Tajetdinov tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.
Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.
Hukumat qarori bilan rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning statistika metodologiyalarini auditdan o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, besh yilda kamida bir marta audit o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklar majburiy bartaraf etilishi belgilanmoqda.
Bosh prokuror Dang‘ara tumani davlat soliq inspektori 22 ta soxta firma ochib, 268 mlrd so‘mni naqdlashtirganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 nafar soliq xodimi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting