Arxiv

Bojxona qo‘mitasi bank siriga ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi
24 oktabr 2020, 12:21

Bojxona qo‘mitasi bank siriga ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi

Davlat bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, bank sirlari to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishdan maqsad tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllarini qo‘llash va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishdir.

Xavf yuqori bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantirish uchun yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi
24 oktabr 2020, 11:07

Xavf yuqori bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantirish uchun yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi

Toshkent shahrida sinov tariqasida YTH ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantirish uchun yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Belgi ostida ikki avtomobilning to‘qnashuvi yoki avtomobil va piyoda ishtirokida YTH aks etgan rasmli izoh berilgan belgi ham o‘rnatiladi.

Respublikada 9 oy ichida 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
23 oktabr 2020, 19:04

Respublikada 9 oy ichida 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

Bojxona qo‘mitasi eksport-import kompaniyalarning bank sirlariga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda
23 oktabr 2020, 18:39

Bojxona qo‘mitasi eksport-import kompaniyalarning bank sirlariga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda

Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning bank ma’lumotlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda.

52 kompaniyaning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi
23 oktabr 2020, 17:44

52 kompaniyaning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi

416 ta IT Park rezidentidan 52 ta IT-kompaniya shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun doimiy rezident maqomi va soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. To‘liq ro‘yxat bilan sayt sahifasida tanishsa bo‘ladi.

UzAuto Motors`ning MQKQ OAVga bosim o‘tkazayotgani haqidagi ayblovi isbotini topmadi
23 oktabr 2020, 17:39

UzAuto Motors`ning MQKQ OAVga bosim o‘tkazayotgani haqidagi ayblovi isbotini topmadi

AOKA UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud jarayonini yoritayotgan OAVga bosim o‘tkazgani haqidagi ma’lumotini o‘rganib chiqib, ayblov isbotini topmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qayta chalinish holatlari aniqlandi
23 oktabr 2020, 16:28

O‘zbekistonda koronavirusga qayta chalinish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda ham koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari mavjudligi ma’lum qilindi.

Ichki ishlar xodimi jurnalistga nisbatan kuch ishlatganligi yuzasidan rasmiy bayonot berildi
23 oktabr 2020, 16:14

Ichki ishlar xodimi jurnalistga nisbatan kuch ishlatganligi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimi tomonidan unga nisbatan kuch ishlatilganligi haqida xabar berdi. Toshkent shahar IIBB voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda jurnalistning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 9 oy ichida 217 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan
23 oktabr 2020, 15:34

O‘zbekistonda 9 oy ichida 217 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217 mingdan ortiq yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Umumiy hajmda eng ko‘p Cobalt va Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 2021 yilga qoldirildi
23 oktabr 2020, 14:25

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 2021 yilga qoldirildi

Kuzda Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirildi. Uchrashuv Turkmanistonda o‘tkazilishi mumkin.

Dam olish kunlari sovuq havo chekinadi
23 oktabr 2020, 14:23

Dam olish kunlari sovuq havo chekinadi

Dam olish kunlari mamlakatdan sovuq havo chekinadi. Yakshanba kuni butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi.

Ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi
23 oktabr 2020, 13:30

Ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi

2021 yildan boshlab ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi. Ular davlat hisobidan tiklab beriladi.

Urganch, Yakkasaroy, Jalaquduq tumanlari va Marg‘ilonda firibgarlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
23 oktabr 2020, 13:11

Urganch, Yakkasaroy, Jalaquduq tumanlari va Marg‘ilonda firibgarlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Urganchda 40 ming dollarga 3 gektar yer, Yakkasaroyda 74 ming dollarga turli rusumdagi mashinalar, Jalaquduqda 354 kishiga 49 mln so‘mga un sotmoqchi bo‘lgan firibgarlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Yana bir firibgarlik universitetga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq.

Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasidagi eksponatlarning 3D ko‘rinishi yaratildi
23 oktabr 2020, 12:52

Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasidagi eksponatlarning 3D ko‘rinishi yaratildi

Xivadagi Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan 100 ta noyob eksponatning 3D ko‘rinishlari yaratildi. Ular respublika muzeylarining yagona portaliga joylashtiriladi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi
23 oktabr 2020, 12:11

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.

Samarqanddagi ikkita ko‘chaga O‘ktam Barnoyev va A’zamxon Bahromov nomi beriladi
23 oktabr 2020, 11:11

Samarqanddagi ikkita ko‘chaga O‘ktam Barnoyev va A’zamxon Bahromov nomi beriladi

Samarqanddagi ikkita ko‘chaga turli yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan Azamxon Bahromov va O‘ktam Barnoyev nomlarini berish taklif qilindi.

Madaniyat vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
23 oktabr 2020, 11:05

Madaniyat vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

150 mln so‘mlik tropikamidning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
23 oktabr 2020, 10:50

150 mln so‘mlik tropikamidning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatiga noqonuniy olib kirilayotgan 150 mln so‘mlik 1000 dona «Tropikamid» dori vositalari to‘xtatib qolindi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank
23 oktabr 2020, 09:56

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank

Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Xavfsizlik Kengashiga o‘tdi
22 oktabr 2020, 23:26

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Xavfsizlik Kengashiga o‘tdi

Mart oyidan beri O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting