Qirg‘iziston prezidenti v. b. Sadir Japarov iqtisodiy amnistiya e’lon qildi va korrupsiyaga aloqdor amaldorlarga, sobiq davlat xizmatchilariga, mansabdor shaxslarga va tadbirkorlarga noqonuniy ravishda olingan mol-mulkni davlat g‘aznasiga qaytarish uchun 30 kun muhlat berdi.
IIV YHXBB 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi. YHXBB yoshlar bu vaqtda o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi kerakligini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oy davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil bo‘lmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan, ularning oqibatida 191 kishi vafot etgan, yana 571 nafari tan jarohatlari olishgan.
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini maqolalarni o‘chirtirish va o‘zgartirish orqali OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Qo‘mita esa ushbu ayblovlarni rad etib, o‘z «pozitsiyasi»da qat’iy qolishi va barcha nizolarni faqat sud orqali hal qilishini ta’kidladi.
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasiga saylovlar 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ro‘yxatida ilk marotaba xotin-qizlar va yoshlar uchun 30 foizlik kvota e’lon qilindi.
Shveysariyada har bir fuqaroga, shu jumladan, bolalarga ham 7500 Shveysariya franki (taxminan 7 ming yevro) to‘lash taklifi berildi. Agar 2022 yil 22 aprelgacha ushbu tashabbusni 100 ming kishi qo‘llab-quvvatlasa, u referendumga qo‘yiladi.
Banklar faollik indeksi bo‘yicha reytingda Kapital bank birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Universal va Ziraat banklari, oxirgi o‘rinda esa TVS banki.
Covuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni g‘ilofsiz olib yurgan fuqarolar jarimaga tortiladi. Jarima miqdori BHMning bir baravarigacha etib belgilanadi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva mutasaddilarda byudjetga qo‘shimcha manbalar aniqlash borasida tashabbuskorlik, izlanish yo‘qligi, ayrim hollarda ularning moliyaviy savodxonligi yetishmasligini tanqid qildi. Shuningdek, muhim ko‘rsatkichlarni qo‘shib yozish illatiga to‘liq barham berilmaganiga e’tibor qaratdi.
Qirg‘iziston parlamenti deputati fuqarolardan pul yig‘ish va mamlakatning tashqi qarzini to‘lashni taklif qildi. Ushbu taklif mamlakat tashqi qarzini oddiy fuqarolar hisobiga to‘lashga qaratilgan birinchi urinish emas.
Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.
Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni uning ayrim moddalari talablarga mos kelmasligi sababli rad etishdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sobiq mehnat vaziri o‘rinbosari, professor Rustam Shodiyev hayotdan ko‘z yumdi.
«Davlat tilining obro‘-e’tibori — butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir». Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini bu yil birinchi marta nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi.
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida Boriy Alixonov Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga, Narimon Umarov esa Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga rais bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov prezident taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosarligiga saylandi.
Boriy Alixonov va Narimon Umarovning deputatlik vakolatlari tugatilib, prezident farmoniga asosan Senat a’zolari ro‘yxatiga kiritildi.
Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.
Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi hamda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi
BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting