Arxiv

Prezident yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
16 oktabr 2020, 16:18

Prezident yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA, Eron, Ukraina, Italiya, Isroil, Pokiston va Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) vafot etdi
16 oktabr 2020, 16:12 1

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) vafot etdi

Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston shaharlarida zilzila sezildi
16 oktabr 2020, 16:02

O‘zbekiston shaharlarida zilzila sezildi

Epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila Toshkent shahri va O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezildi. Zilzilaning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

Andijondagi qiynoq voqeasi bo‘yicha 6 kishiga ayb e’lon qilingan
16 oktabr 2020, 14:10

Andijondagi qiynoq voqeasi bo‘yicha 6 kishiga ayb e’lon qilingan

May oyida Andijon IIO IIBda qiynoqqa solinishi natijasida vafot etgan Alijon Abdukarimov ishi yuzasidan tergov ishlari yakuniga yetdi. Hozirda 6 nafar shaxsga nisbatan ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda
16 oktabr 2020, 13:35

Dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari mamlakatda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati iqlimiy me’yordan 4−5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

JSST COVID-19ni davolashda samarasiz bo‘lgan dori vositalarini ma’lum qildi
16 oktabr 2020, 13:16

JSST COVID-19ni davolashda samarasiz bo‘lgan dori vositalarini ma’lum qildi

JSST tahlillariga ko‘ra, remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir/ritonavir va interferon kabi dori vositalari COVID-19 ni davolashda foydasi kam yoki umuman samarasiz deb topildi. Oldinroq, SSV bemorlarni remdesivir yordamida davolayotgani, ushbu dori vositasi ijobiy natijalar berayotgani haqida aytgan edi.

2019 yil uchun UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trln so‘mdan oshdi
16 oktabr 2020, 13:13

2019 yil uchun UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trln so‘mdan oshdi

2019 yil yakuni bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trillion so‘mdan oshdi. Kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolat muddati uzaytirildi.

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan
16 oktabr 2020, 12:23

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan

Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so‘mga 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 va boshqa transport vositalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Qo‘llanma: ta’lim kontrakti to‘lovi uchun soliq imtiyozini olish
16 oktabr 2020, 12:00 30

Qo‘llanma: ta’lim kontrakti to‘lovi uchun soliq imtiyozini olish

Ta’lim kontrakti to‘lovi uchun kimlarning daromadi soliqqa tortilmaydi? Kontrakt to‘lovchi shaxs uchun soliq imtiyozini olish usullari va ularning qo‘llanilishi haqida — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.

Jizzaxda ikkita Nexia yuzma-yuz to‘qnashdi: haydovchilar voqea joyida vafot etdi
16 oktabr 2020, 11:17

Jizzaxda ikkita Nexia yuzma-yuz to‘qnashdi: haydovchilar voqea joyida vafot etdi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.

Qirg‘izistonda parlament va prezident saylovlarining taxminiy sanalari e’lon qilindi
16 oktabr 2020, 10:58

Qirg‘izistonda parlament va prezident saylovlarining taxminiy sanalari e’lon qilindi

Qirg‘iziston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, takroriy parlament saylovlari dekabr oxirlarida, muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari esa yanvar o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.

Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi
16 oktabr 2020, 10:35

Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Bir qator hududlarda hokim o‘rinbosarlari katta miqdorda pora olayotganda ushlandi
15 oktabr 2020, 21:52

Bir qator hududlarda hokim o‘rinbosarlari katta miqdorda pora olayotganda ushlandi

Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari 35 ming, Toshkent hokimligi qoshidagi boshqarma boshlig‘i 1,4 mln, Marhamat tumani hokimi yordamchisi 29 ming, Buvayda hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar olayotganda ushlangan.

Sadir Japarov o‘zini Qirg‘iziston prezidenti v. b. deb e’lon qildi
15 oktabr 2020, 20:39

Sadir Japarov o‘zini Qirg‘iziston prezidenti v. b. deb e’lon qildi

Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov o‘z tarafdorlari oldida o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, lavozimiga tushdan keyin kirishgan parlament spikeri prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqani dan so‘ng mamlakat rahbari vakolatlarini bajarishdan bosh tortgan.

Hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi
15 oktabr 2020, 20:22

Hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi

Prezident hududlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 oktabr 2020, 20:02

Jahon yangiliklari dayjesti

Germaniya kanslerining koronavirus ikkinchi to‘lqiniga munosabati, XVJ direktorining jahon iqtisodiyoti zarar ko‘rishi haqidagi bayonoti, Xiaomi`ning yangi Apple smartfoniga kulgili izohi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi
15 oktabr 2020, 17:00

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.

GAZ O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
15 oktabr 2020, 16:40

GAZ O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning «Gruppa GAZ» kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi. Birinchi bosqichda yiliga 3000 tagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

YeI Navalniy ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi
15 oktabr 2020, 16:20

YeI Navalniy ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqador deb hisoblagan rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohat qilishni taqiqlash va Yevropa banklaridagi moliyaviy aktivlarni muzlatish kabi cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi
15 oktabr 2020, 16:10

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi

DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting