26 sentyabr kuni O‘zbekistonda 491 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topib, aniqlangan barcha holatlar soni 55 mingtaga yaqinlashdi.
Toshkentda bitkoin savdogarlari ushlandi. Ular 20 ta bitkoinni noqonuniy ravishda 224 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi.
Jismoniy shaxslar o‘lchovli yombilar va Markaziy bank tangalarini O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘ldi. Buning uchun tegishli sertifikatni olish lozim.
Namangan viloyatida Nexia haydovchisi olti yoshli qizni urib yubordi. U shifoxonada hayot bilan vidolashdi.
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi. Gripp va koronavirusga qarshi vaksinalar soddalashtirilgan tartibda olib kelinadigan dorilar ro‘yxatiga kiritildi.
Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti qulab tushdi. Bortda Ukraina harbiy havo kuchlari universiteti kursantlari va ekipaj bor edi. 25 kishi vafot etdi, yana ikki kishi og‘ir jarohat oldi.
Zira.uz sizga mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni taklif qiladi va eng mazali 7 ta go‘shtli taomni e’tiboringizga havola etadi.
25 sentyabr kuni O‘zbekistonda 496 kishida (bir kun avval — 519 ta) koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 54462 taga yetdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni esa 450 nafarga yetdi.
Sariag‘ashda Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mablag‘larning noqonuniy yo‘l bilan chet elga olib chiqarilishi sababli hukumatlar har yili ijtimoiy rivojlanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan 500 mlrd dollar miqdorda pul yo‘qotishadi. Mamlakatlar rasmiylari korrupsiya va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi qat’iyroq kurashishlari kerak, deyishmoqda BMT ekspertlari.
Davlat test markazi tomonidan 2020−2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot berildi. Bu yil 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagidan 37 718 nafar ko‘p).
Downdetector xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Fransiya, Vengriya va qisman O‘zbekiston hududlarida Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi. Xabar berilishicha, hozirda tarmoq faoliyati barqaror holatga qaytgan.
Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi. Xodimlarga pul mablag‘lari bank kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni 2021 yil 1 avgustga qadar yakuniga yetkazish topshirildi. Uskunalar «Texnopark» kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Avvalroq uning boshqa ishga o‘tishi kutilayotgani, o‘rniga esa Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tayinlanishi xabar qilingan edi.
Dam olish kunlari sovuq antitsiklon tufayli harorat iqlim me’yoridan 3−4 darajaga pasayishi kutilmoqda. Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, bulutlilik ortadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Abituriyentlarning imtihon natijalari 25 sentyabr kuni soat 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Avvalroq DTM natijalar allaqachon aniq ekani, faqat bu yil ko‘plab yoshlarga imtiyozlar berilganligi sababli, ularni qo‘shib chiqish ishlari yakunlanayotganligi haqida xabar bergan edi.
Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi rahbari Xayrulla Bozorovning Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi, Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.
Rossiya O‘zbekistonga 2020 yilda 10 million doza, 2021 yilda 25 million dona koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishdi.
Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting