Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Mehmonxonalar, sanatoriylar, dam olish maskanlari va boshqa shu kabi muassasalar xizmatlaridan foydalanadigan barcha fuqarolar joylashish vaqtidan boshlab, qancha muddat bo‘lishidan qat’i nazar E-Mehmon tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.
Hozirgi zerikarli va mafkuraga bo‘ysundirilgan ijtimoiy fanlar texnika fakultetlari talabalariga kerak emas. Ularni oliy ta’limning «qalbi va musiqasi»ga aylantirish orqali qanday jonlantirish mumkin? O‘quv jarayoniga zarar yetkazmasdan fanlarni 50 foizga qanday qilib qisqartirsa bo‘ladi? Faylasuf, sotsiolog va antropolog Valeriy Xan o‘z maqolasida mazkur savollarga javob beradi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda oliy o‘quv yurtlariga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar hibsga olindi.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan marosimda Isroil, BAA va Bahrayn davlatlari munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. Bu Isroil va arab davlatlari o‘rtasida 1994 yildan buyon amalga oshirilgan ilk shunday kelishuvdir.
Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.
Geodezkadastr davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Maqsud Ro‘zmetov, «Agrobank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va Agrar universitet rektori Botirjon Sulaymonov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Amaldagi vazir o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev bir vaqtning o‘zida Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini boshqaradi. Majlisni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov olib bordi.
Prezident Administratsiyasida sho‘’ba yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanmurat Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi. U sobiq bosh vazir Sindzo Abening siyosatini ham iqtisodiy, ham diplomatik yo‘nalishda davom ettirishga va’da berdi.
Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari, Farg‘ona viloyati hokimining akasi Avazbek G‘aniyev miyaga qon quyilishi tashxisi bilan olamdan o‘tdi.
Qashqadaryoda 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqaroni jami 9 mln dollarga chuv tushirgan shaxslarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Abu-Bakir Ibragimov Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Daulet Tolibayev koronavirus oqibatida olamdan o‘tgan edi.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yangi hokim etib Abdurasul Abdullayev tayinlandi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Sentyabr oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligi tunnellarni foydasiz degan edi. JSST bu haqda bahordayoq ta’kidlagan.
O‘zbekistonda 15 sentyabr kuni 570 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlandi. Bir kun muqaddam bu ko‘rsatkich 572 tani tashkil etgan edi. Jami holatlar soni esa 48,5 mingdan oshdi.
Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan 4500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Samara yaqinidagi vaqtinchalik chodir lageridan uylariga qaytish uchun imkoniyat kutmoqda, deya xabar qildi «Novaya gazeta». O‘zbekiston parvozlarni qayta tiklashga urinmoqda, ammo masalaning yechimi ko‘proq Rossiyaga bog‘liq, deya ta’kidladi Transport vazirligi vakili.
Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgani aytilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan birida koronavirusni keltirib chiqaruvchi «SARS CoV-2» virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi.
Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting