Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hokimlari o‘zgardi.
Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi.
Prezident farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. FHDYO organlari DXA tasarrufiga o‘tkaziladi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.
Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.
Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishlari qaytadan boshlanadi.
Hindiston O‘zbekistonda milliy yadro infratuzilmalarini rivojlantirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Xitoydan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 294 fuqaro «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Qolgan fuqarolarning karantin muddati chorshanba va payshanba kunlari yakuniga yetadi.
Bosh vazir Abdulla Aripov prezident nomidan Human bandlik agentligi faoliyatidan jabrlanganlar bilan uchrashib, 1086 nafar fuqaroga tadbirkor yetkazgan zarar Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishini ma’lum qildi. Xususiy bandlik agentliklari yopiladi. Uchrashuv tafsilotlari — «Gazeta.uz» reportajida.
O‘lmasjon Mamadaminov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza Uralova Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi.
«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi yangi qonun uch oydan keyin 1996 yilda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunning o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy zonalar turlariga ko‘ra ajratiladi, u yerda amalga oshiriladi investitsiya loyihalariga talab qo‘yiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzodini ma’qulladi.
Prezident inson sog‘ligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligini ta’kidladi. Avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimni ishga tushirish belgilandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashuvda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasiga munosabat bildirdi.
Toshkent IIBB Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qiz bolaga hujum qilgan erkakni qidirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida VAZ va KIA Rio to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Yaqin kunlarda respublikaning katta qismida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kunidan esa havo ilishni boshlaydi.
Transport vaziri Elyor G‘aniyev aviayoqilg‘i narxlari va yig‘imlarni pasaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston aeroportlariga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U nima uchun «Navoiy» logistika markazi rivojlana olmaganiga ham izoh berib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting