Noyabrda Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.
Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko uchrashuvida Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. Oxirgi marta MB asosiy stavkani aprel oyida 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.
Namangan viloyatida ikki erkakni do‘pposlagan qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytmoqda. Qizning ma’lum qilishicha, erkaklar uni masxaralab, onasini so‘kkan.
Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.
Shirin shahar hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Abdug‘affor Xojimatov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda davlat rahbariga bo‘ysunuvchi ikkita yangi agentlik (Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi hamda Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi) tashkil etildi.
O‘zbekistonda 230 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2580 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.
Kun davomida O‘zbekistonda 512 ta koronavirus holati qayd etildi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 443, ikki kun muqaddam — 312 ta edi.
Bojxonachilar mobil qurilmalarni UZIMEI tizimidan noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhni fosh etishdi. Guruh a’zolaridan biri qo‘shni respublikada fuqarolarning pasportlarini telefon yordamida rasmga tushirib, har bir pasport uchun 5 dollardan haq olgan.
Polkovnik Abdurahim Mo‘minov prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
19 yil ichida birinchi marta Toshkentda to‘qqizta yangi metro bekati foydalanishga topshirildi. Ular shahar bilan qay darajada bog‘liq, o‘tish yo‘laklarida qanday qilib adashmaslik mumkin, nima uchun yerosti metrosi liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun noqulayligicha qoldi va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qiladi — «Gazeta.uz» fototahlilida.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Gaz-53» rusumli yuk avtomobili 6 yashar qizni urib yubordi. Qiz tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
14 sentyabrdan boshlab Toshkent suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi sabab sovuq suv o‘chirilishi va suv quvurlari tizimida bosimning kamayishi kuzatiladi.
Zohidjon Ahmadaliyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu lavozimni egallab kelayotgan Otabek Rasulov vazifasidan ozod etildi.
O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga teng deb baholandi. DSQ iste’molchilarni mahsulot yoki xizmat xarididan so‘ng chek so‘rashga chaqirdi.
Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi. Avvalroq qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda — 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda — 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash belgilangani xabar qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting