Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimiyati hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Hokim poytaxtdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
Prezident mehnat migrantlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallari xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Deputatlar transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.
«Technovation Girls» xalqaro dasturi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va BMTning «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» loyihasi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘onadagi qizlar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn treninglarida qatnashish bo‘yicha arizalarni 20 avgustga qadar qabul qiladi. Dastur 4 oylik onlayn-mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Ommabop o‘yinlardan bo‘lgan Fortnite App Store va Google Play da blokirovka qilingach, Epic Games kompaniyasi kompaniyalarni sudga berdi. Pavel Durov va Mark Sukerberg Apple ning 30 foizlik komissiyasini tanqid qilib chiqishdi.
Yevropaning neft qazib olish sohasidagi mutaxassislari endilikda milliardlab dollarlik neft va gaz zaxiralari hech qachon qazib olinmasligini tan olishdi, deb yozadi Bloomberg. Shu jumladan, Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi avgust oyi boshida mamlakatlarda yangi geologik hududlarni o‘rganishdan butunlay voz kechishini e’lon qildi.
«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bo‘lib o‘tgan onlayn qabulda eng yosh deb tan olingan 13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. Uning aslida 16 yosh ekanligi aniqlandi.
Haftaning ilk kunlarida O‘zbekistonda qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi va haroratning biroz pasayishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz bulutli bo‘ladi va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi.
2020 yilning 7 oyi davomida respublika hududida 3012 ta YTH sodir etilgan. Ularning 808 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 15 so‘mga qimmatlab, jami 10 246 so‘m etib belgilandi. Bu AQSH milliy valyutasining uchinchi hafta oshishi. Yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan to‘liq sog‘aydi, hamda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun poytaxtdan Navoiyga qaytib keldi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hozirda jazoni ijro etish tizimida 22,9 ming nafar mahkum saqlanishini, har 100 ming aholi soniga nisbatan 67 nafar shaxs to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalarning sig‘imiga nisbatan saqlanayotganlar ko‘rsatkichi 56,4 foizni tashkil qilmoqda. Vazir endilikda jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni, ularning yuridik manzillari, saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar endi maxfiy hisoblanmasligini ta’kidladi.
16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.
O‘zbekistonda 184 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori esa vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotgan 813 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 234 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi. Xonabod va Chirchiqdagi aerodromlarda Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari ko‘rgazmali mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
«Koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi». Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan koronavirus bemorlarini dafn etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Kun davomida 628 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 35,3 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni 31 ming nafarga yaqinlashdi.
Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tdi. O‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting