Toshkentning yettita tumanida tibbiyot birlashmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.
Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.
Qibray tumanida murdasi sayohat jomadoni ichidan topilgan erkakni o‘ldirishda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Qozog‘iston hukumati 17 avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga xalqaro reyslar tiklashga qaror qildi.
15 avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi: shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi tiklanishi belgilandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Yarim yil davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki ularning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy hajmi 1 trln so‘mga teng bo‘lgan ushbu bitimlarning 47,3 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Google Android-qurilmalar uchun zilzilalar haqida ogohlantiradigan dastur ustida ishlayapti. Smartfon mini-seysmometr vazifasini bajarib, foydalanuvchilarni tabiiy ofat haqida ogohlantiradi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi nisbatan yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lsada, aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olinmagan. Bu haqda mamlakatdagi ijtimoiy himoya tizimini baholash bo‘yicha hisobotda aytiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining Milliy gvardiya xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqoratlagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ularning har ikkisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qabul test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarga barcha sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi va ularning xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazilishi qayd etildi. Test sinovlari birinchi smena uchun 08:00 da boshlanib, 10:00 gacha davom etadi va ikkinchi smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi.
TikTok Google ishlab chiqqan Android tizimining maxfiylik himoyasini chetlab o‘tishga erishgan va «millionlab» smartfonlarning unikal identifikatorini qo‘lga kiritgan. Ilova kamida 15 oy davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan.
Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi 1200 ta maktabda kundalik yuritish elektron shaklga o‘tkaziladi va qog‘oz shaklidagi kundaliklar bekor qilinadi. Xizmatdan foydalanishda internet-trafik hisoblanmaydi.
«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.
AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden senator Kamala Xarrisni vitse-prezident qilib tanladi. Agar Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris lavozimdagi birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 10 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 7,8 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — jami 4,56 trln so‘m ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash sohasiga yo‘naltirildi.
COVID-19 bemorlari soni 232 nafarga ortib, jami 32215 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting