Tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga jalb qilinadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi faoliyati tugatilib, uning o‘rniga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi. Xizmatga tibbiy majburlov chorasi qo‘llash huquqi berildi va uning vakolatlari barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshirilishi belgilandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga test natijalari haqida 3 kunda xabardor qilinadi. Bundan tashqari, uy sharoitida davolanayotganlarga yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Koronavirus bemorlari soni 297 nafarga ortib, jami 21506 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
27 iyul kuni O‘zbekistonda rekord darajada 678 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 21209 taga yetdi.
Farg‘ona viloyatida joylashgan «Karkidon» suv ombori hududagi yer maydonlari turistik ob’ektlar tashkil etish uchun savdoga qo‘yildi. Bu yerda mehmonxona, motel, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar ob’ektlar, restoran, suv sport ob’ektlari, plyaj zonasi va pirs qurilishi ko‘zda tutilgan.
Profilaktika inspektorlaridan 5 tadan bayonnoma to‘ldirish «plan"ini topshirishni talab qilgan IIO xodimiga nisbatan «vazifalarni shaxsiy tarkibga noto‘g‘ri yo‘l bilan yetkazganligi uchun» xizmat tekshiruvi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 132 nafarga ortib, jami 20952 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 84 nafari Toshkent shahrida va 48 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus aholi orasida tarqalishi sababli qattiq karantin cheklovlarini o‘rnatish choralari asosiy g‘oyasini yo‘qotgan. Virusolog Dildora Sekler esa hozir bemorlarni tibbiy tartiblash muhim ekanini ta’kidlamoqda.
Soxa mutaxassislaridan iborat 30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi. Loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qatnashgan 9 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olingan. Hozirda qurilishga sarflangan mablag‘larning asosliligi o‘rganilmoqda. Dastlabki tergov muddati 5 oyga uzaytirildi.
Vakolatlari qisqarayotgan Majburiy ijro byurosi, «Ochiq osmon» rejimi joriy etilayotgan aeroportlar, nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari, ayrim transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi, davlat tilida majburiy markirovkalash va boshqalar — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov «Yuksalish» umummilliy harakati raisi etib saylandi.
27−29 iyul kunlari Respublikaning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 35−38 darajaga yetishi, ayrim joylarda esa 40 darajaga ko‘tarilishi mumkin.
O‘zbekistonda birinchi Volkswagen dilerlik markazi ochildi va Caddy yengil tijorat transporti modeli sotila boshlandi. Konfiguratsiyaga qarab, avtomobilning narxi 172 mln so‘mdan 222 million so‘mgachani tashkil qiladi.
O‘zbekiston aholisi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 286,5 ming kishiga o‘sgan. Mamlakatda bu vaqt oralig‘ida 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.
AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi deyarli 3 so‘mga arzonlab, jami 10 207 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting