Koronavirus bemorlari soni 172 nafarga ortib, jami 18703 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida kambag‘al uy xo‘jaliklari soni 8 foizdan 21 foizga ko‘paygan, o‘rtacha va yuqori daromadli o‘y xo‘jaliklari soni esa 13 foizga kamaygan.
Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.
Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va boshqa mutaxassislar ishga olinadi. Ikki haftalik ish faoliyati uchun 10−25 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.
Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.
Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.
Jahon savdo tashkiloti a’zolari Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berishni qo‘llab-quvvatladilar. Turkmaniston sobiq sovet respublikalari orasida JST bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatgan oxirgi mamlakatga aylandi.
Xitoy Mars sayyorasini o‘rganish uchun Tianwen-1 zondini uchirdi. Sayyora yuzasiga chiqish uchun yetti oy kerak bo‘ladi. Agar missiya rejadagidek amalga oshirilsa, zond 2021 yilda Yerga birinchi ma’lumotlarni yuboradi.
Toshkentda karantin vaqtida yo‘l haqlarini oshirgan 25 ta yuridik korxona jarimaga tortildi va 64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi.
Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.
Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.
UzAuto Trailer kompaniyasi «KAMAZ» bilan hamkorlikda e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi. 1 avgustga qadar katta chegirma bilan «KAMAZ» rusumli yuk tashuvchi avtomashinasini xarid qilgan aksiya ishtirokchilariga servis xarajatlari va bonuslar taqdim etiladi.
Koronavirus bemorlari soni 152 nafarga ortib, jami 18531 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
22 iyul kuni O‘zbekistonda 498 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 18379 taga yetdi. Kun davomida rekord darajada — 351 bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi.
O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimov olamdan o‘tdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi.
Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini mansabdor shaxslari kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam puli to‘lab bergan. Oqibatda 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan.
Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 19 mingdan ortiq ajrim to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqib, ularning 11 mingga yaqinini qanoatlantirdi.
Koronavirus bemorlari soni 153 nafarga ortib, jami 18324 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting