Arxiv

To‘rtta viloyatda katta miqdorda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
7 dekabr 2022, 12:27

To‘rtta viloyatda katta miqdorda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami narxi 200 mln so‘mdan ziyod pirotexnika vositalarining savdosi aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan ish ochildi.

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lar faoliyati to‘xtatildi
7 dekabr 2022, 12:16

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lar faoliyati to‘xtatildi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz ehtiyoji ortgani bois gaz «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi
7 dekabr 2022, 12:13

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi

Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda
7 dekabr 2022, 11:37

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda

Qarshi shahrida Cobalt piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yubordi. Haydovchi yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Jabrlanuvchi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Hozirda viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Benzin narxini sun’iy oshirgan AYoQSHlarga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi
7 dekabr 2022, 11:15

Benzin narxini sun’iy oshirgan AYoQSHlarga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Birja savdolaridagi benzin narxi o‘sishi 10 kundan keyin AYoQSHlardagi narxlarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda allaqachon Ai-80 benzini narxi oshmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYoQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining o‘zida 100 nafardan ortiq bemor koronavirusga chalindi
7 dekabr 2022, 10:18

Toshkent shahrining o‘zida 100 nafardan ortiq bemor koronavirusga chalindi

6 dekabr, seshanba kuni O‘zbekistonda 157 (bir kun avval 120) kishida koronavirus aniqlanib, ularning 106 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
7 dekabr 2022, 09:47

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 7 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarni 11 250 − 11 310 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda. Sotish kursi esa 11 330 − 11 340 so‘m.

«Rejali cheklovlar kiritmasak, bundan-da jiddiyroq talafot ko‘rishimiz mumkin» — energetika vaziri
7 dekabr 2022, 08:04

«Rejali cheklovlar kiritmasak, bundan-da jiddiyroq talafot ko‘rishimiz mumkin» — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda vaziyatdan chiqib ketilmasa, bundan-da jiddiyroq talofatlar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.

Toshkent IIBB xodimlari sovuqda qolgan 25 nafar boshpanasizga yordam ko‘rsatdi
6 dekabr 2022, 23:57

Toshkent IIBB xodimlari sovuqda qolgan 25 nafar boshpanasizga yordam ko‘rsatdi

Toshkent IIBB xodimlari bir sutkada doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular oziq-ovqat va issiqlik bilan ta’minlandi, ba’zilari tibbiy yordamga muhtoj edi. Fuqarolardan yordamga muhtoj odam aniqlansa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi.

Alisher Usmanov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
6 dekabr 2022, 22:32

Alisher Usmanov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U Namangan viloyat sudi raisi bo‘ldi.

6 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 dekabr 2022, 22:00

6 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bir kunda 620 ming yo‘lovchi tashigan Toshkent metropoliteni, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda pasport nazoratining osonlashtirilishi, uydagi yong‘indan 2 kishi vafot etgani, narxi oshmagan AI-80, o‘zini otib qo‘ygan farg‘onalik profilaktika inspektori, kovid statistikasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Saida Mirziyoyeva: Oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholash vaqti keldi
6 dekabr 2022, 20:13

Saida Mirziyoyeva: Oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholash vaqti keldi

Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholashni taklif qildi. “Oiladagi zo‘ravonlik — oilaning ichki ishi emas, bu muammo butun jamiyatga tegishli. Ayol o‘z dardi bilan yolg‘iz qolib ketmasligi kerak”, — dedi u. U voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jazo kuchayishi zarurligini aytdi.

Transafg‘on temir yo‘li loyihasi 8,2 mlrd dollarga baholandi
6 dekabr 2022, 19:26

Transafg‘on temir yo‘li loyihasi 8,2 mlrd dollarga baholandi

Pokiston «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini 8,2 mlrd dollarga baholadi. Bu O‘zbekiston hisob-kitoblaridan ancha yuqori.

Nodir kitoblar yo‘qolishi sababli sudlangan O‘zMU kutubxonasi direktori ozodlikka chiqarildi
6 dekabr 2022, 17:49

Nodir kitoblar yo‘qolishi sababli sudlangan O‘zMU kutubxonasi direktori ozodlikka chiqarildi

Sudning apellyatsiya instansiyasi nodir qo‘lyozmalar yo‘qolishida ayblanib, 5 yilga qamalgan O‘zMU kutubxonasi direktori Irina Kislitsinaning jazosini yengillashtirdi. Unga qo‘llanilgan qamoq jazosi ozodlikni cheklash chorasiga almashtirildi.

Toshkent viloyatida temir yo‘l simlarini o‘g‘irlagan 3 kishi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi
6 dekabr 2022, 17:05

Toshkent viloyatida temir yo‘l simlarini o‘g‘irlagan 3 kishi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sud tomonidan Toshkent viloyatida elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi simlarning jami 140 metrini o‘g‘irlagan shaxslarga hukm o‘qildi. Ularning har biri besh yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

5 yilda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar sonini eng kamida 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan — Olim Saidov
6 dekabr 2022, 15:49

5 yilda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar sonini eng kamida 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan — Olim Saidov

O‘zbekistonda yanvar-oktabr oylari davomida 7636 ta yo‘l-transport hodisasi (YTH) qayd etilgani, ular oqibatida 1931 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov ushbu ko‘rsatkichni 5 yilda kamida 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Andijondan qator hududlarga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
6 dekabr 2022, 15:36

Andijondan qator hududlarga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

11 dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi
6 dekabr 2022, 14:28

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi

Hukumat qarori bilan yil yakuniga qadar sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, 1 iyulgacha «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
6 dekabr 2022, 13:10

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefonda suhbatlashib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, Qirg‘iziston nashrlari 9 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrifi haqida xabar berdi.

O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi: 10 oyda 3 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazildi
6 dekabr 2022, 12:31

O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi: 10 oyda 3 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazildi

2022 yilning o‘n oyida 694 ta holatda o‘rmon huquqbuzarliklari aniqlanib, jami 3 mlrd 153,4 mln so‘m zarar keltirilgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rasmiysining aytishicha, 374 ta holat bo‘yicha 330 mln so‘mdan ortiq zarar va 85 mln so‘m jarima undirilgan. Hozirda qolganlarini undirish choralari ko‘rilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting