O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 75 taga o‘sib, 3290 taga yetdi. To‘qqizta yangi COVID-19 holati karantinga olinganlar orasida aniqlandi.
Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan 63 yoshli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 natijasida vafot etganlar soni 14 nafarga yetdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakada koronavirus tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qilib, 24 iyun kuni Moskvada G‘alaba paradini o‘tkazishga topshiriq berdi.
PFL bosh direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Oxirgi 14 kun ichida 49 mingdan ziyod kishi karantinga olinib, 734 kishida koronavirus aniqlangan.
Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda marafonlari o‘tkazilmoqda. Xabar qilinishicha, aksiya prezident topshirig‘i ijrosi yuzasidan o‘tkazilmoqda. Biroq bu — karantin talablariga zid. Viloyatning Izboskan tumanida esa Rossiyadan kelgan erkakda koronavirus aniqlangan.
Keyingi 10 kunda ayniqsa Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand va poytaxt viloyatlarida aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlarining o‘sishi qayd etilmoqda. Prezident Respublika komissiyasi va viloyatlar hokimlariga epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqish hamda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi bilan Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasi vaqtida Markaziy Osiyoda mehnat muhojirlarini himoya qilishga 2 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida ularga yuridik yordam ko‘rsatilib, muqobil turmush tarzi qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 20 taga ko‘payib, jami 3281 taga yetdi. Yangi holatlarning 15 tasi karantinga olinganlar orasidan aniqlandi. Kun davomida 66 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
2017−2020 yillarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Bahrom Qo‘chqorov va 2015−2017 yillarda Adliya vazirligini boshqargan Muzraf Ikromov adliya vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olindi.
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Qonun qabul qilinsa, davlat xizmatchilari har yili daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berishi kerak bo‘ladi. Davlat xizmatchilari mehnatiga yagona tizim asosida haq to‘lanadi.
O‘zbekistonda futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarishga o‘tkazish tavsiya etilmoqda. Klublarni moliyalashtirish homiylik xayriyalar va xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Facebook internet-savdo platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma kelajakda Amazon va eBay kabi internet-savdo kompaniyalariga raqobatchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Kompaniya ovqat yetkazib berish xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchi.
Rossiyada karantin cheklovlari sababli og‘ir vaziyatga tushgan 786 nafar O‘zbekiston fuqarosiga “Mehr” loyihasi doirasida qariyb 4,9 mln rubl ($70 ming) miqdorida bir martalik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Koronavirus bemorlari soni 46 nafarga ortib, jami 3261 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning barchasi Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) kirib kelganlarda qayd etilgan.
O‘zbekistonda yana 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar soni 3215 taga yetdi.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi. Jumladan, endilikda IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting