Arxiv

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara va Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi
30 noyabr 2022, 16:54

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara va Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlar imzolandi.

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
30 noyabr 2022, 16:45

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

DXX Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqladi. Ulardan 30 kgdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.

Poraxo‘r shaxslar suvaraklarga o‘xshaydi — Akmal Burxonov
30 noyabr 2022, 16:20

Poraxo‘r shaxslar suvaraklarga o‘xshaydi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov korrupsionerlarni suvaraklarga o‘xshatib, ularni yegulik ko‘p joyda bo‘lishini aytdi.

Toshkentda qaynonalar forumi o‘tkazildi
30 noyabr 2022, 15:23

Toshkentda qaynonalar forumi o‘tkazildi

30 noyabr kuni poytaxtdagi Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida qaynonalar forumi o‘tkazildi. Unda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, jamoatchilik faollari va qaynonalar qatnashgan. Forumda 30 noyabrni Qaynonalar kuni, deb e’lon qilish taklifi bildirilgan.

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
30 noyabr 2022, 14:43

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi. 1−2 dekabr kunlari Samarqandda ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Mohir aloqachi» ko‘krak nishoni va «O‘z kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi
30 noyabr 2022, 14:20

«Mohir aloqachi» ko‘krak nishoni va «O‘z kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida «Mohir aloqachi» ko‘krak nishoni va «O‘z kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi.

Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi
30 noyabr 2022, 14:11

Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi Andijon shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish chog‘ida quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi. «Bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Qilayotgan ishimiz bir tiyin bo‘lmaydimi?», — dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
30 noyabr 2022, 13:00

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasi muassasaning binosini kunduz kuni elektr energiya bilan to‘liq ta’minlaydi. Shuningdek, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.

Deputat mahalla raisi daraxt kesish bo‘yicha arizani muhrlamagani uchun so‘kingani aytilmoqda
30 noyabr 2022, 12:57

Deputat mahalla raisi daraxt kesish bo‘yicha arizani muhrlamagani uchun so‘kingani aytilmoqda

Uchtepa tumani deputati uy qurilishiga xalaqit bergan 2 daraxtni kesishga ruxsat olish uchun ariza yozib, MFY raisidan uni muhrlab berishni so‘ragan. U buni inkor qilgani uchun deputat xonadan haqorat aytib chiqib ketgan. Rais uning ustidan arz qildi. Deputat esa uni so‘kmagani, o‘ziga-o‘zi noliganini aytmoqda.

Oqqo‘rg‘ondagi 29 ta mahalladagi aholining muammolari o‘rganildi
30 noyabr 2022, 12:40

Oqqo‘rg‘ondagi 29 ta mahalladagi aholining muammolari o‘rganildi

Prezident maslahatchisi G‘.Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat ishchi guruhi 920 ta xonadon va 15 ta ijtimoiy soha obyektini o‘rgandi. Ularda aniqlangan 547 ta masalaning 76 tasi (13,8 foizi) hal qilindi, 471 ta masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni — suratlarda
30 noyabr 2022, 12:22

Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni — suratlarda

Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayonining uchinchi kuni. Sudlanuvchilarning deyarli barchasi iyul boshida bo‘lgan voqelarda Dauletmurat Tajimuratov aybdorligi, uning video murojaatlari odamlarni ko‘chaga chiqarganini ta’kidlashmoqda. «Gazeta.uz» sud jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.

Salam Air aviakompaniyasi O‘mondan O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
30 noyabr 2022, 12:11

Salam Air aviakompaniyasi O‘mondan O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘monning Salam Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Endilikda Maskat — Tashkent — Maskat va Maskat — Namangan — Maskat yo‘nalishlarida muntazam reyslar amalga oshiriladi.

Toshkentda IIO xodimi xizmat vaqtida o‘ldirildi
30 noyabr 2022, 11:43

Toshkentda IIO xodimi xizmat vaqtida o‘ldirildi

30 noyabr kuni soat 00:50 larda Olmazor tumani IIO profilaktika inspektori tezkor chaqiruv bo‘yicha «G‘alaba» mahallasida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi. Qotillikda gumonlanayotgan fuqaro muqaddam sudlangan bo‘lib, xodimga tajovuz qilgach, voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda
30 noyabr 2022, 11:43

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

1 dekabrdan O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi, deya ogohlantirdi O‘zgidromet. Dam olish kunlarida havo harorati kechasi −4…−7 darajagacha, kunduzi 0…+3 darajagacha pasayadi.

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
30 noyabr 2022, 11:21

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
30 noyabr 2022, 10:54

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olayotganda paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi
30 noyabr 2022, 10:02

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi

Banklarda 1 AQSh dollari 11 270 so‘mdan sotilmoqda, aholidan esa 11 195 — 11 250 so‘mdan sotib olinmoqda.

JCH-2022: Angliya va AQSh ham keyingi bosqichda. Pley-offning ilk qarama-qarshiliklari ma’lum bo‘lmoqda
30 noyabr 2022, 09:37

JCH-2022: Angliya va AQSh ham keyingi bosqichda. Pley-offning ilk qarama-qarshiliklari ma’lum bo‘lmoqda

B guruhidagi 3-tur bahslarida AQSh terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi. Guruhdagi yana bir uchrashuvda esa Angliya terma jamoasi Uelsni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Pley-offda AQSh Niderlandiya bilan, Angliya esa Senegal bilan kurash olib boradi.

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Zangiotaga ko‘chiriladi
30 noyabr 2022, 09:32

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Zangiotaga ko‘chiriladi

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi binolarida isitish tizimining butunlay yaroqsiz holga kelib qolgani va xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lgani sababli 2-son Zangiota kasalxonasiga ko‘chiriladi. Faoliyati to‘xtatilgan obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Farg‘onada fuqaro 32 bosh olmaxonni chegaradan noqonuniy olib o‘tgani aniqlandi
29 noyabr 2022, 23:13

Farg‘onada fuqaro 32 bosh olmaxonni chegaradan noqonuniy olib o‘tgani aniqlandi

Farg‘onadagi qo‘shni davlatga chegaradosh mahallalarning birida yashovchi shaxsga tegishli 2 ta yog‘och qutida 32 bosh olmaxon saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Noqulay sharoitlar sabab 2 ta olmaxon nobud bo‘lgan. Jonivorlarning dastlabki qiymati 30 mln so‘mga baholandi. Hozirda ular Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting