Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov elektr va gaz narxlarini liberallashtirish rejasi noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, fevralda energotashuvchilar tariflarini oshirish rejalashtirilgan edi.
O‘zbekistonda 19 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 617 nafarga yetdi.
Xitoyning birinchi Marsni tadqiq qilish missiyasining nomi Tianwen-1 (“samoviy haqiqatni izlash”) bo‘lishi e’lon qilindi. Marsga uchuvchisiz tadqiqot missiyasi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Hukumat qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. U rais vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi bemorlarni klinikaga bepul olib kelish, diagnostika va konsultatsiyalarga chegirmalar taklif qiladi.
Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzot Narmatov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Pavel Durov Telegramda videomuloqotlar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Uning ishga tushirilishi 2020 yilning oxirigacha rejalashtirilgan. Shuningdek, 400 mln faol foydalanuvchiga ega messendjer ta’limga hissa qo‘shish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun test sinovlari ma’lumotlar bazasini yaratishini ma’lum qildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasida koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan olamdan o‘tdi. Mamlakatda COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo‘limi rahbari fermerdan 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi.
Juma va shanba kuni kechqurun kuchsiz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 22−25 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi. Tizim orqali transportlar uchun va boshqa chiptalarni sotib olish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aygan bemorlar soni 598 nafarga yetdi.
TBC Uzbekistan iyundan ish boshlaydi. Bank naqd pul ko‘rinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari, avtokreditlar va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Bankka tegishli Payme kompaniyasi esa alohida ishini davom ettiradi.
Uxan shahrida COVID-19 ning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan KTEA o‘pka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlar Toshkentga olib kelindi. Qurilmalar shifoxonalarga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun beg‘araz topshiriladi.
O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘larning 277,5 mln dollari — sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, 700 mln dollari — tadbirkorlikni, 300 mln dollari — kommunal va energetika korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Davlat byudjetiga 1,8 mlrd dollar yo‘naltiriladi.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida “Ma'rifat” gazetasi muxbiri faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan hokim kotibi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Holat tuman huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Google, Apple, Samsung, Netflix va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. Google 2020 yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini masofadan turib olish mexanizmi joriy qilindi. Shaxsni tasdiqlash uchun fuqaro pasportining asosiy sahifasi bilan selfi foto tushib uni yuborish kerak bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog‘aydi. Ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Mamlakat bo‘ylab tuzalganlar soni 582 kishiga yetdi.
Donald Tramp koronavirus pandemiyasidan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan “Amerikaning buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasiga jalb etiladigan shaxslar ro‘yhatini e’lon qildi. Unga Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va bir qator taniqli Amerikalik tadbirkorlar va davlat arboblari kirgan. Ularning asosiy vazifasi inqirozdan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklash masalasida Trampga maslahat berish.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting