Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat rejimi 11 may kuniga qadar uzaytiriladi. Hukumat ikkinchi oy uchun daromadlarini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 tenge miqdorida yordam berishini, 1 maydan poytaxt va Olmaota o‘rtasida aviareyslar tiklanishini hamda bir qator tuman va shaharlarda karantin rejimini yumshatilishini ma’lum qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yagona elektron chipta sotish tizimi operatorini tanlashda yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi. Oldinroq Uzcard yagona elektron chipta sotish tizimi operatori bo‘lishi to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingan edi.
Koreya Respublikasi tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamining birinchi qismi Toshkentga yetib keldi. Unda umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PSR diagnostika test tizimlari joy olgan.
Koronavirus bemorlari soni 18 nafarga ortib, jami 1887 kishini tashkil etmoqda.
Praga sudi Chexiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan joriy etilgan koronavirusga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Gap fuqarolar harakatlanishi va ish yuritish erkinligini cheklash haqida bormoqda.
Adliya vazirligi davlat organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilinmaslik uchun jarima taklifi O‘zbekistonda millatlar va elatlar huquqlarini poymol etmasligini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tildan foydalanishga nisbatan qandaydir cheklovlarni joriy etmaydi.
O‘zbekistonda yana 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 789 nafarga yetdi.
Buxoroda — 50 nafar, Toshkentda — 8 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 765 nafarga yetdi. Yangi tasdiqlangan COVID-19 holatlari esa 4 taga oshib, 1869 taga yetdi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 1865 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, eng kami esa Navoiy va Jizzaxda — COVID-19 holatlari soni hududlar kesimida.
Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda o‘tgan kuni 8579 ta, shu vaqtga qadar 242536 ta koronavirus testi o‘tkazildi.
Toshkentda davolanayotgan 336 nafar koronavirus bemoridan 11 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.
Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarni javobgarlik belgilashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Jahon banki O‘zbekistonga 95 mln dollar miqdorida favqulodda moliyalashtirish mablag‘ini taqdim etdi. Ular sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash hamda kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Farg‘onada 22 nafar, Xorazmda 16 nafar, Qoraqalpog‘istonda 10 nafar va Toshkent shahrida 2 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, mamlakat bo‘ylab jami tuzalganlar soni 707 kishiga yetdi.
Buxoroda 32 nafar, Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar koronavirus bemori sog‘aydi. Jami sog‘ayganlar 657 kishiga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 32 nafarga ortib, jami 1836 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan bemorlar soni 26 nafarga oshib, jami tasdiqlangan holatlar 1804 taga yetdi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov XVJ 375 million dollar miqdorida kredit ajratishda O‘zbekistonga qo‘shimcha shartlar qo‘ymasligini va islohotlarni davom ettirishni talab qilayotganini aytdi. Shuningdek, u boshqa qarzlar tafsilotlariga ham to‘xtaldi.
Karantin choralarini yumshatish maqsadida faoliyatiga ruxsat berilgan savdo korxonalari uchun sanitariya talablari e’lon qilindi. Korxonalar har bir xaridor orasida 2 metr oraliq masofani saqlashlari, dezinfeksiyalash uchun maxsus o‘tish joylarini o‘rnatishlari va boshqa talablarga rioya qilishlari kerak.
Karantin choralarini yumshatish doirasida qurilish materiallari bozorlari, hunarmandlar, tijorat banklari shahoblachari, notaral idoralar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa ko‘plab tashkilotlarning faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Ruxsat berilgan tadbirkorlar sanitariya-epidemiologiya talablari asosida ishlarini tashkillashtirishlari belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting