Donald Tramp AQSHga immigratsiyani 60 kunga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ta’qiq koronavirus pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotgan amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan.
Hukumat qarori bilan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etildi. Uning mablag‘lari karantin vaqtida ehtiyojmandlar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1716 nafar bemor. 22 aprel kuni bu ko‘rsatkich 38 nafarga ko‘paygan edi.
22 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan 55 taga ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch kun davomida qisqarib bormoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 24 taga ortib, jami 1716 taga yetdi.
Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish, xususan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Barcha tuman va shaharlarda karantin cheklovlari sababli ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi nomma-nom aniqlanadi. Prezident 110 ming kishini mavsumiy, 167 ming fuqaroni jamoat ishlari bilan qamrab olish vazifasini qo‘ydi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyatida jurnalist Sharifa Madrahimova bilan bog‘liq hodisani o‘rgandi. Ayni vaqtda mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.
Birinchi chorakda O‘zbekistondagi 3298 ta eksportyor tomonidan qariyb 2,4 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 81,4 foizni tashkil etdi.
Prezident qarori bilan Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Madaniy meros departamenti Buxoroda XVI asrga oid Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi oldidagi xovuzda viloyat xokimligi tomonidan ruxsatsiz ta’mirlash ishlari o‘tkazilganini aniqladi. Holat yuzasidan hujjatlar Bosh prokuraturaga taqdim etiladi.
Ispaniyaning Barselona futbol klubi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida 2020−2021 mavsumiga “Kamp Nou” maydonining nomini homiylarga sotishga qaror qildi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni Ramazon boshlanishi, shuningdek, davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan tabrikladi.
Buyuk Britaniyadagi Imperial kollej va Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni odamlarda sinash boshlanadi.
Poytaxtning Yunusobod tumanida Isuzu avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, simyog‘ochga borib urildi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi jarohatlandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qilgan. Mamlakat parlamenti Saakashvili nomzodini 24 aprel kuni ko‘rib chiqadi.
BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan global harakatga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, davlatlar hayotiy zarur dori-darmonlar, vaksinalar va shaxsiy himoya vositalaridagi spekulyatsiyaga chek qo‘yishga hamda haddan tashqari zaxiralarini yaratishdan voz kechishga kelishdi.
Karantin davrida nodavlat notijorat tashkilotlarning xorijlik xodimlari akkreditatsiya kartochkasining amal qilish muddati uzaytiriladi. Davlat mulkini ijaraga olgan NNTlar uchun ijara to‘lovi “nol” stavkada qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting