Arxiv

Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi
15 noyabr 2022, 14:42

Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi

Rossiyadagi ayrim OTMlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 10 kunga uzaytirildi. Avvalgi muddat 1 noyabrdan 20 noyabrgacha etib belgilangandi. O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

JCH-2022: bukmekerlar skeptiklarga pul tikishmaydi
15 noyabr 2022, 13:20

JCH-2022: bukmekerlar skeptiklarga pul tikishmaydi

«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 boshlanishiga kunlarni sanashda davom etmoqda. Bugun G guruhi bilan tanishamiz: ushbu guruhdan «pentakampion» braziliyaliklar, qo‘rqmas serblar, soat mexanizmidek sxema bo‘yicha o‘ynaydigan shveysariyaliklar, «nol»ga o‘ynamaslikni odat qilib olgan kamerunliklar joy olgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda YUNESKO mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi
15 noyabr 2022, 12:53

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda YUNESKO mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
15 noyabr 2022, 12:29

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi to‘xtatildi
15 noyabr 2022, 12:09

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi to‘xtatildi

Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.

Putin xorijliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi
15 noyabr 2022, 12:01

Putin xorijliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarni RF armiyasida xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan rossiyaliklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.

«Sukut saqlash madaniyatini yo‘q qiling». Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi ochildi
15 noyabr 2022, 12:00

«Sukut saqlash madaniyatini yo‘q qiling». Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi ochildi

NeUyat festivaliga 139 Documentary Center galereyasida start berildi. Uning maqsadi jinsiy zo‘ravonlik hodisalari atrofidagi sukunat madaniyatini buzishdir. Muhim voqelik — shu nomdagi ko‘rgazma bo‘lib, uning eksponatlarida jabrlangan ayollarning hikoyalari va mualliflarning shaxsiy tajribasi aks ettirilgan.

Buxoroda 2 shaxs 1,12 gektar yerni $120 mingga sotishda gumonlanib ushlandi
15 noyabr 2022, 11:56

Buxoroda 2 shaxs 1,12 gektar yerni $120 mingga sotishda gumonlanib ushlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ikki fuqaro yerni noqonuniy sotishga uringan vaqtda gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Shuningdek, Samarqand, Olmaliq va Marhamatda ham yerni g‘ayriqonuniy ravishda sotishga urinish aniqlandi.

Dunyo aholisi 8 milliardga yetdi — BMT
15 noyabr 2022, 11:35

Dunyo aholisi 8 milliardga yetdi — BMT

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 15 noyabr kuni dunyo aholisi 8 milliardga yetdi. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050 yilda esa 9,7 mlrdga yetishi mumkin. Shuningdek, 2023 yilda Hindiston aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanishi kutilmoqda.

Rassom Shavkat Muzaffar vafot etdi
15 noyabr 2022, 11:25

Rassom Shavkat Muzaffar vafot etdi

O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi, musavvir Shavkat Muzaffar 54 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

O‘zbekiston BMTning Rossiya Ukrainaga tovon puli to‘lashi haqidagi rezolyutsiyasiga ovoz bermadi
15 noyabr 2022, 10:41

O‘zbekiston BMTning Rossiya Ukrainaga tovon puli to‘lashi haqidagi rezolyutsiyasiga ovoz bermadi

BMT Bosh Assambleyasi Rossiya bosqinidan Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 94 davlat qo‘llab-quvvatladi, 13 davlat qarshi ovoz berodi, 73 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi.

Banklar 15 noyabrda amalda bo‘ladigan dollarning sotish va sotib olish kursini e’lon qildi
15 noyabr 2022, 10:06

Banklar 15 noyabrda amalda bo‘ladigan dollarning sotish va sotib olish kursini e’lon qildi

Markaziy bank 15 noyabr kungi AQSh dollarining rasmiy kursini 11 190,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15 noyabr 2022, 09:43

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Lada Vesta, Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Equinox avtomobili ag‘darildi, haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir
15 noyabr 2022, 08:13

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir

O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.

«Sudlarda ovoragarchiliklar ko‘p» — prezident
15 noyabr 2022, 00:47 1

«Sudlarda ovoragarchiliklar ko‘p» — prezident

Shavkat Mirziyoyev sud sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish eskicha davom etayotgani, advokatlarning o‘rni yuqori emasligi, tergovchilar o‘z ustida ishlamay qo‘yganini ta’kidladi. U sudyalar hamjamiyati vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini oshirish taklifi ma’qullandi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
15 noyabr 2022, 00:17

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston O‘ng‘or tog‘ini Qirg‘izistonga beradi, lekin unga kirish huquqiga ega bo‘ladi
14 noyabr 2022, 23:56

O‘zbekiston O‘ng‘or tog‘ini Qirg‘izistonga beradi, lekin unga kirish huquqiga ega bo‘ladi

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning radiorele antennalari joylashgan O‘ng‘or tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Bosh vazir Abdulla Aripov evaziga o‘zbek tomoni O‘zbekiston tomondan chiqish mumkin bo‘lmagan tog‘ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytdi.

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?
14 noyabr 2022, 23:23

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?

Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»
14 noyabr 2022, 21:53

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»

Jurnalist Aziza Qurbonova yakshanba kuni gaz bosimi pastligi, choy ham qaynatolmayotganini tanqid qilgandi. Uning Facebook`dagi postida Uchtepa hokimligi sahifasi nomidan shunday izoh qoldirishdi: «Bas qiling xalqning g‘azabini qo‘zg‘atishni. Siz nima qilib berdingiz Uchtepaga?».

O‘zbekiston sambochilari jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
14 noyabr 2022, 19:14

O‘zbekiston sambochilari jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bishkekda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta — 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting