G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
8 aprel kuni yoqqan qor Toshkentda 7 mingga yaqin daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi. Obodonlashtirish boshqarmasi yo‘llarni tozalashda davom etmoqda. Lekin avtomobil harakatlanishiga cheklovlar sababli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 nafar fuqaroda aniqlangan bo‘lib, ulardan 440 kishiga infeksiya yuqqan. Ushbu kasallikning epidemiologik surishtiruv ishlari bo‘yicha elektron tizim yaratilib, bemorlarning epidemiologik marshruti aniqlanmoqda.
Namangan viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Jami tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Endi Jonson kasalxonada shifokorlar kuzatuvida qoladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 10 apreldan boshlab Yamanda o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatdi.
Xususiy orolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasi vaqtincha qoldirildi. Buni Disney va ESPN kompaniyalari talab qilishgan. Janglarning qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan yangi klinikalar uchun tibbiy jihozlar sotib olishga 17 mln dollar yo‘naltirdi. Sog‘liqni saqlash va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 140 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan tadbirda koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilinadi.
Yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor.
Yana 42 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 624 taga yetdi.
Qashqadaryoda Spark avtomobilida jarlik ustidagi suv quvuridan o‘tgan haydovchiga 2,23 mln so‘mlik jarima tayinlandi. Quvur ustiga esa to‘siq o‘rnatildi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. «Gazeta.uz» bir qator rivojlangan va qo‘shni mamlakatlarning koronavirus pandemiyasiga qarshi qabul qilgan iqtisodiy rag‘batlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etadi.
Markaziy bankka ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun banklar orqali 30 trillion so‘m aylanma mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. Banklarga mablag‘larni yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yo‘naltirish tavsiya etildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov, IIV rahbari Po‘lat Bobojonov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va, ehtimol, boshqa hukumat vakillari virus blokatorlaridan foydalanishni boshlashdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 8 nafar koronavirus bemorining to‘liq sog‘ayganini xabar qildi. Shunday qilib, tuzalganlar soni 38 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 582 taga yetdi. Yana 27 kishida infeksiya aniqlandi.
Tibbiyot xodimlarining koronavirus yuqtirib olishi O‘zbekistonda infeksiya tarqalgan ilk vaqtlarda qayd etildi. Chunki xodimlar hali infeksiya bilan yaxshi tanish emas edi. Hozirda bunday holatlar yo‘q, virus kontagiozligi yaxshi o‘rganildi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida ichimlik suv ta’minotida to‘liq uzilishlar yuzaga keldi. 9 aprel soat 18:00ga qadar tarmoqdan uzilgan iste’molchilar qayta ulanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 8 aprelga qadar avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun 194 mingdan ziyod ariza topshirildi. Jami 33 mingta transport vositasiga stiker berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting