Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.
Bir qarashda xavfli va halokatli tuyuladigan hayotiy tajribaning bebaho sovg‘aga aylanishi haqidagi ta’sirli hikoya hamda «nikohlamoq», «yarashuv» va «daraxt» so‘zlarining g‘aroyib tarixiy ildizlari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
Koryo universiteti (Janubiy Koreya) professori koronavirusga qarshi kurashishda xalqaro ekspert sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.
Donald Tramp Amerika tarixida eng yirik miqdordagi iqtisodiy rag‘batlantirish qonuniga qo‘l qo‘ydi. Qonun koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan. Unga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollar olishadi. Har bir yosh bola uchun qo‘shimcha 500 dollar berilishi belgilangan.
26 mart kuni O‘zbekistondan qaytgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Aniqlanishicha, u 14 nafar qarindoshi bilan To‘rtko‘ldagi to‘y marosimida qatnashgan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 nafarga oshib, jami 149 kishiga yetdi
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo haroratining bir oz pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 14 yoshli jiyani ham COVID-19 yuqtirgani ma’lum qilindi. Uning ahvoli o‘rta og‘ir deb baholanmoqda. Bemor Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tahlil qiladi.
Xitoy hududida koronavirus tarqalishi to‘xtadi. Kasallanganlar va davolanayotganlar soni — 3000 nafardan kamroq.
Moskvaning barcha aholisi uchun umumxalq o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi. Yashash joyini faqatgina ishga, yaqin do‘kon yoki dorixonaga borish, tez tibbiy yordam uchun murojaat qilish maqsadida tark etish mumkin. Maxsus ruxsatnoma bo‘lsagina ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi.
Xitoyning bir qator mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.
Adliya vazirligi karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartiblarini tasdiqladi.
O‘zbekistonda yana bir koronavirus holati qayd etildi. Ushbu infeksiyadan vafot etgan erkakning jiyani virus yuqtirgani aniqlandi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 nafarga yetdi.
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanmoqda.
728 ta holatda, shundan 102 tasi dorixonalarda, 2 mlrd so‘mlik mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga keskin choralar ko‘rildi — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Karantin tadbirlari e’lon qilingandan buyon, O‘zbekistonda 7157 ta karantin qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq. 20 ta holatda esa marosim va yig‘inlar o‘tkazilgan.
SSV O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 39 yoshli erkak ekani, u virusni Parijdan qaytgan birinchi bemordan yuqtirganini ma’lum qildi.
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqop va boshqa himoya vositalaridan iborat 8 tonnalik insonparvarlik yuklari yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting