RTL Alliance halqaro transport-logistika kompaniyasining asosiy afzalliklaridan biri — bu Xitoydan yuklarni tez yetkazib berish hisoblanadi.
«O‘ztransgaz» ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 9 noyabrdan boshlab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari maxsus jadval asosida ishlashini ma’lum qildi.
2001 yildan beri intellektual ring bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» klub bilimdoni, turizm vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev bilan suhbat uyushtirdi. U turizm bilan mantiqiy fikrlash o‘zaro bog‘liqligi, poliglot bo‘lishning ustunliklari haqida so‘zlab berdi.
Toshkentning I yarim yillikdagi budjet xarajatlari tahliliga ko‘ra, hokimlik ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari, jumladan, maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxonalarni ta’mirlashga belgilanganidan kam mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, obodonlashtirish, qurilish va «boshqa xarajatlar» miqdori keskin oshgan.
O‘zbekistonda 2023 yildan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. Uning doirasida tadbirkorlar intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan muhitda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Prezident tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni cheklovchi, uning chegaralarini belgilovchi farmonni imzoladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligida ishchi guruh tuzildi.
Tarmoqlarda 2 nafar shaxsning Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi. IIV video aslida avgust oyida tasvirga olingani va tartibbuzarlarning biri maktab o‘quvchisi ekanini ma’lum qildi. Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus qo‘shinlarini mudofaa uchun Dneprning chap qirg‘og‘iga olib chiqish haqida buyruq berdi. Bu Rossiya Xerson shahrini tark etishini anglatadi.
Qo‘qon shahar IIB hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Uning o‘limiga yurak kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Klinika AKFA Medline yurak-o‘pka reanimatsiyasi sohasida yangi imkoniyatlarni va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini joriy etmoqda.
Rossiyaning Wildberries marketpleysi Toshkentda O‘zbekistondan tayyor mahsulotlar — to‘qimachilik, charm, qurilish materiallari va elektr jihozlarini sotish bo‘yicha to‘laqonli logistika majmuasini tashkil qiladi. Loyiha qiymati 130 mln dollarga teng.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga ikkita «mobil sahna» sotib oldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xarid prezident qarori talablarini bajarish uchun amalga oshirilgan. «Asosiy maqsad — barchaga birdek madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit yaratish», — deyiladi vazirlik izohida.
Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi. Tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiyot va savdo vazirlari tegishli bitimni imzolashni kelishib oldi. Jamg‘arma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishiga ishonaman, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev.
Prezident qarori bilan, Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish institutlari universitetga aylantirildi. OTMlarda darslar o‘zbek, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Shuningdek, universitetlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev 10−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi. Davlat rahbari tadbir oldidan Imom Buxoriy maqbarasi va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, bir qator toifadagi shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbar lavozimiga tayinlashni taqiqlash taklif etilmoqda. Ular orasida muqaddam sudlangan va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bor.
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshini qo‘ydi. U 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Loyihaning qiymati 289 million dollardan oshadi. Musobaqadan so‘ng majmuada Sport vazirligi, federatsiyalar va O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi. Financial Times’ning yozishicha, O‘zbekiston tomoni bu iltimosni amaldagi cheklovlar milliarderning mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritishiga xalal berayotgani bilan izohlagan.
Prezidentning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish borasidagi farmoni qabul qilindi. Nishon bilan mamlakat fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Chery Automobile Co. Ltd kompaniyasi brendning modellari, narxlari va xarid shartlari haqida ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting