1 apreldan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari markazlashtirilgan holda yetkaziladi. Ushbu ishga NNT va ko‘ngillilar (volontyor) qo‘shilishga chaqirildi.
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar qoniqarsiz tashkillashtirilganligi uchun bosh vazirning o‘rinbosari Oltinoy Omurbekova va Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev o‘z lavozimlaridan ozod etildi.
Virusologiya institutida davolanayotgan 4 nafar koronavirus bemori butunlay sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 12 kishiga yetdi.
Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiyada xizmat safarida bo‘lgani uchun karantinga olingan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng ish faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi pandemiya sababli grechka, guruch, javdar, kungaboqar urug‘i va boshqa mahsulotlar eksportini taqiqladi.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq.
Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.
Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.
MTV 1 apreldan «Bolajon» kanalida bog‘cha bolalari uchun ingliz tili, arifmetika, ertalabki badantarbiya va logopedik mashg‘ulotlardan iborat ta’limiy teleloyihani ishga tushirdi.
To‘rtko‘l tumanida to‘y marosimida qatnashib, Qozog‘istonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlanganligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonlik mehmonlar 18 mart kuni to‘y marosimida qatnashishgan. To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida ushbu shaxslar bilan ko‘rishgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Toshkentdagi Virusologiya instituti klinikasida 92 nafar bemor davolanmoqda, ularning 21 tasida pnevmoniyaning klinik alomatlari bor.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 5 taga ortib, jami 172 taga yetdi.
Toshkentda yashovchi fuqaro qizining to‘yi munosabati bilan «Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Farg‘onalik bemorning ahvoli esa og‘irligicha qolmoqda.
Bir necha kompaniya «premium-klass» mashinalarda (Mercedes-Benz, BMW, Lexus va boshqalar) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun harakatlanishiga ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qildi. Davlat xizmatlari agentligi rahbari bunday tadbirkorlarni «vijdonsiz va uchar» deb atadi.
Yaxshi va to‘laqonli uyqu orqali muvaffaqiyatga erishish hamda qayg‘u tuyg‘usining qisqacha tarixi — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
O‘zbekistonda COVID-19 holatlari soni 9 taga oshib, 167 taga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting