Qonunchilik palatasi deputatlari karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizdan ziyodi sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 4735 nafar bemor qolgan.
Toshkent va viloyatlardagi sanatoriya hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida 3 tadan karantin bazalari tashkil etiladi (Qoraqalpog‘istonda — 4 ta).
O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 49 nafarga yetdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra ikki oy mobaynida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmagan fuqarolar uchun ushbu xizmatlar o‘chirilmaydi.
24 martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy qilinadi. Poytaxtga kirish va bozorlar faoliyati to‘xtatiladi, davlat idoralariga qabul va davlat xizmatlari onlayn tartibda o‘tkaziladi.
Xorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqal’a maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Pitnak shahri tumanning ma’muriy markazi bo‘ladi.
Toshkent shahrida 24 martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.
Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina ushbu tumanda yashovchi aholiga ruxsat etildi. Dam olish maskanlarida dezinfeksiyaalash ishlari boshlandi
Jamoat transporti va umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilganidan keyingi Toshkent qiyofasi — “Gazeta.uz” fotomuxbiri obyektivida.
23 mart holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 9 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular orasida «Sokol» oromgohida karantinda bo‘lgan ikki nafar fuqaro hamda bir hamshira bor.
24 martdan boshlab Samarqand viloyatida shaharlararo jamoat trasnporti (avtobus) qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.
24 martdan boshlab Uzbekistan Airways va «O‘zbekiston temir yo‘llari» respublika bo‘ylab barcha reyslarni noma’lum muddatga bekor qildi.
24 martdan boshlab Toshkent barcha transpot vositalarining kirishi va chiqishi uchun yopilmoqda. Cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga va Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmaydi.
Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vazirini Pokiston kuni bilan tabrikladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi. Xorijdan qaytgan yana bir fuqaroda COVID-19 aniqlandi.
24 martdan boshlab Toshkent va viloyatlar o‘rtasida jamoat transporti harakatini cheklash rejalashtirilmoqda.
Koronavirus aniqlangan birinchi bemor bilan aloqada bo‘lgan ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. U test topshirgandan so‘ng izolyatsiya qoidalarini buzgan va Qibray tumaniga borgan. Fuqaroga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.
Xorijdan kelgan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan yana ikkita shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 45 kishiga yetdi.
Istanbuldan qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, virus yuqtirganlar soni jami 43 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting