World Happiness Report hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilib, 38-o‘rinni egalladi. Toshkent — aholisi eng optimist shahar bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 70 yoshida olamdan o‘tdi.
Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda bo‘sh turgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlari belgilandi.
21 mart kuni qariyb butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligining kuchayishi va havo haroratining +18 darajagacha tushishi kutilmoqda.
UzReport telekanalida akademik litsey o‘quvchilari uchun geografiya, matematika va fizika fanlaridan teledarslar boshlandi.
Fuqarolar G‘alabaning 75 yilligi sharafiga ochilayotgan Shon-sharaf muzeyini tashkil etishda qatnashishlari mumkin. Mudofaa vazirligi muzey uchun eksponat va materiallar qabul qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan soni 33 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida virus aniqlandi.
20 mart ertalab holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni o‘zgarishsiz (23 nafar) qoldi.
Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.
Jamshid Egamberdiyev AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U investitsiyalar va moliya masalalariga javob beradi.
Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.
Fuqarolardan o‘zlarini uylarni koronavirus infeksiyasidan dezinfeksiya qiluvchi deb tanishtirayotgan noma’lum shaxslarni uyga kiritmaslik so‘ralmoqda. Bunday holatlarda «102» raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilish lozim.
Poytaxtning Yunusobod tumanida Lacetti tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etdi.
«Oltinsoy tumanida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan» — Bosh prokuratura
Prezident qarori bilan prokuratura va ichki ishlar organlarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mas’ul lavozimlar joriy qilindi. Bosh prokuratura va IIV tuzilmasida ham ayrim o‘zgarishlar bor.
Milliy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saxi Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli vaqtinchalik yopildi. Botanika bog‘i esa hali faoliyat yuritmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mahallalarda oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, xotin-qizlar o‘rtasida biznes loyiha bo‘yicha tanlov o‘tkazib, g‘oliblarga grantlar, kredit va joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endilikda mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham javob beradi.
Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting