Iqbol Mirzo maktablarning atigi 3 foizida qurollar borligini tanqid qilib, o‘quvchilarning chaqiruvgacha tayyorgarligiga e’tibor berish zarurligini aytdi. U «qo‘liga qurol ushlamagan bolada qanday qilib vatanparvarlik paydo bo‘ladi», deya savol berdi. Deputat safarbarlikdan qochgan rossiyaliklar haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev bu hafta davomida Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlari bilan «ochiq muloqot» o‘tkazadi. Shuningdek, davlat rahbari 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘ladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda seshanba kunidan havo harorati pasaya boshlaydi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Chorshanbadan boshlab tungi vaqtlarda harorat -2 darajagacha tushib ketadi. Hafta oxirida esa havo iliq bo‘lishi va me’yorga yaqinlashishi prognoz qilinmoqda.
Shaharda to‘kilgan barglarni tozalash kerak emas degan fikr bor, chunki ular daraxtlar uchun tabiiy o‘g‘it bo‘lib xizmat qiladi. «Gazeta.uz» muxbiri obodonlashtirish xizmati xodimlari va mutaxassislaridan buning to‘g‘ri yoki yo‘qligini so‘rab, Toshkentda nima sababdan barglar yig‘ib olinishini aniqladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 5 yildan keyingi O‘zbekistonga ta’rif bera turib, bu vaqtda faqat bitta davlat banki qolishi, eski elektr stansiyalari yangilanishi, aholi jon boshiga YAIM $2800 bo‘lishini aytib o‘tdi. JB vakili Anna Berde esa sekin olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik erkak O‘zbekistonga olib kelindi. U 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023 yil 1 yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.
O‘zbekistonlik dzyudochilar Bokudagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda to‘rtta medal — 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ishlab chiqqan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi mumkin.
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu yana O‘zbekistonga keladi. U, shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘istonga ham tashrif buyuradi. Markaziy Osiyo iqtisodiy barqarorligi tashabbusi doirasida Qo‘shma shtatlar mintaqaviy savdoni mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilish uchun $25 mln ajratishi ko‘zda tutilgan.
O‘zMU hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi yo‘l 7 noyabrdan 12 noyabrga qadar yopiladi. Ko‘chada 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 132,41 etib belgilangandan so‘ng tijorat banklari mijozlar uchun takliflarni yangiladi.
Roppa-rosa 45 yil avval Toshkent metropoliteni vestibyuli shaharliklar uchun ilk bor ochilgandi. Yubiley munosabati bilan «Gazeta.uz» tizimni ichidan ko‘rsatadi: poyezdlar qayerga ketadi, ularning qanday turlari mavjud va yo‘lovchilar nima uchun oxirgi poyezd qachon ketganini bilishi kerak?
6 noyabr kuni soat 08:56 da Buxoro viloyatining Peshko‘ tumani hududida 4 ballik zilzila qayd etildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA va UEFA shafeligidagi barcha turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bilan ham uchrashadi.
Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 mln so‘m olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
“Gazeta.uz” jahon chempionati boshlanishiga hafta-kunlarni sanashda davom etmoqda. Sizga “C” guruhini tanishtiramiz: Meksika pley-off yo‘llanmasini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga, Argentina futbol mamlakati nomini oqlashga, Polsha va Saudiya Arabistoni esa ularga taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi.
Tarmoqlarda 2 noyabr kuni hakerlar hujumiga uchragan Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida xabar tarqaldi. Kiberxavfsizlik markazi esa buni inkor etib, hujumni namanganlik fuqaro bajargani va MarshGolden`ni ham u yaratganini ma’lum qildi. Hozirda holat bo‘yicha IIO ish olib bormoqda.
DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.
Hukumat qarori bilan jamoat joyida turli vositalar ta’sirida mast holda yurgan shaxslarni IIO xodimlari tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borishi belgilandi. U yerda tartibni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting