Jurnalistika universitetida koronavirus bilan kasallanishning oldini olish maqsadida taktil aloqaning har qanday ko‘rinishi taqiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi OTM, maktab va bolalar bog‘chalari uchun tavsiyalar tarqatmoqda.
Germaniyadan kelgan ikki qozog‘istonlikda koronavirus aniqlandi, deya xabar qildi Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.
Jahon banki va Shveysariya ko‘magi bilan 500 000 dan ortiq o‘zbekistonliklar sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 239 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors avtomobillari narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Qo‘mita chet el mashinalarini olib kirganlik uchun boj miqdorini kamaytirishni so‘radi.
Yevropa Ittifoqi 2020−2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun 40 mln yevro ajratdi.
«O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘m devalvatsiyasi, xom-ashyo narxining ko‘tarilishi va past marjaga qaramay, kompaniya avtomobillar narxlarining o‘sishini to‘xtatib turgan edi. U ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani — dollarlarda aksariyat modellar 2017 va 2018 yildagiga qaraganda arzonroq ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi.
Mart oyiga kelib O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari yil boshidagiga qaraganda 1,3 mlrd dollarga ko‘payib, 30,5 milliard dollarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirus iqtisodiyot va boshqa sohalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. U aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Hazorasp» EIZdagi Develop Textile xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Sariosiyoda bank xodimlari tomonidan maktab o‘qituvchilari va ishchilarining 1,2 mlrd so‘mlik maoshini o‘zlashtirgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu mablag‘lar qaytarildi.
Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
BMTTD ko‘magida Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusi ishga tushirildi. Tashabbus doirasida, jumladan, 10 gektar maydonga 100 ming dona saksovul ekiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda qurol ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi
AQSH so‘nggi ikki haftada Yevropa ittifoqi davlatlariga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining kirishini taqiqladi. Aktyor Tom Xenks o‘zi va turmush o‘rtog‘ining koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
COVID-19 tarqalishi pandemik xarakterga ega bo‘ldi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyesus.
O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarining bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha English Speaking Nation dasturi ishga tushirilmoqda. Loyiha 5 mln dollarlik grant ajratayotgan Amerika tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Uch yil ichida 15 ming nafar o‘qituvchi mashg‘ulotlarda qatnashadi.
9 mart kuni O‘zbekiston inson huquqlari «Huquqiy tayanch» jamoat birlashmasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi. Huquqbon Stiv Sverdlovning yozishicha, bu 2003 yildan beri ilk ro‘yxatga olingan inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil tashkilotdir.
Navro‘z munosabati bilan 14−15 mart kunlari «Obod yurt» umumxalq hashari o‘tkaziladi. Xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari «Mahalla» fondining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekistonda yakunlanib borayotgan hafta hududlarda ayol-hokimlar tayinlovi bilan esda qolarli bo‘ldi. Oradagi katta tanaffusdan so‘ng ayolarni tumanlarga hokim etib tayinlash keng tus oldi. Yangi ayol-hokimlar kim bo‘lgan?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting