Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.
Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiy viloyatida bir qator tuman IIB boshliqlari va xodimlarni lavozimidan chetlashtirdi.
Toshkentning Chilonzor tumanida noto‘g‘ri joydan ortga qaytib olmoqchi bo‘lgan Matiz haydovchisi o‘z o‘limiga va besh kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan avariya videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tergov va sudlov tizimiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdi. U aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etilmaslik holatlariga ham to‘xtaldi.
AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.
Paxtakor tumanida yashagan baliqchi-fermer Aramais Avakyan ozodlikka chiqdi. U konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblangandi.
AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy tashkilot tuzish taklifini bildirmagan, dedi elchi Daniyel Rozenblyum. Rossiya nashrlari esa Vashington mintaqa davlatlari bilan shunday tashkilot tuzishini xabar qilgandi.
Bobir Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sevara Husanova esa hokim o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Turkiya sharqida sodir bo‘lgan ikki ko‘chkisi natijasida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.
AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini e’lon qildi. Mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash, Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga integratsiyasi va inson huquqlari sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Qo‘qondagi choyxonalardan birida chiqqan janjalda fuqaro ov qurolidan o‘q uzib, bir necha kishini jarohatladi.
Istanbulda Pegasus aviakompaniyasi samolyoti qattiq qo‘nishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 179 kishi jarohat oldi.
Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys 251 nafar yo‘lovchi bilan yetib keldi. Kornavirus sababli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan OTM talabalariga stipeniya to‘lashning yangi tartiblari tasdiqlandi. Endi 30 foiz va undan ortiq fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 58 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Hukumat farmoyishi bilan davlat organlariga mehnat qonunchiligi va xodimlarning mehnat huquqiga rioya qilish topshirildi. Ularga ish kuni tugagandan keyin xodimlarni ushlab turish va dam olish kunlari ishga jalb qilish taqiqlandi.
Prezident qarori bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat OTM shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting