Arxiv

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi
13 may 2022, 15:28

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxatida Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. U o‘tgan 12 oy ichida umumiy hisobda 990 mln dollardan ko‘proq daromad olgan atletlar o‘ntalagida eng daromadli (130 mln dollar) sportchi bo‘lib turibdi. Messidan keyin Lebron Jeyms (121,2 mln dollar) va Krishtianu Ronaldu (115 mln dollar) joy olgan.

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi
13 may 2022, 15:01

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Rossiya tomonidan Ukrainada inson huquqlari buzilgani haqidagi taxminlarni tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. 33 ta mamlakat tergov uchun ovoz berdi, Xitoy va Eritriya qarshi chiqdi, 12 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet «Kiyevning shimolidagi hududlarida suddan tashqari qotilliklar ko‘lami dahshatli» ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi
13 may 2022, 13:43

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi

Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus va traktor ishtirokidagi avariyada jabrlangan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish va hodisa sabablarini o‘rganish uchun qo‘shni davlatga maxsus ishchi guruhni yubordi. Unga favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov boshchilik qilmoqda.

Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi
13 may 2022, 13:27

Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, harorat +20 darajagacha pasayadi. Yakshanba kuni esa harorat +28 darajagacha ko‘tarilib, havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda.

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident
13 may 2022, 12:40

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident

Prezident ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytdi. Unga ko‘ra, yer munosabatlarida hokimlarning vakolati tugatilganiga qaramay, yer uchastkalarini noqonuniy sotish holatlari hamon uchrab turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimligi xodimi yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun hokim Xayrulla Bozorovning imzosini qalbakilashtirgan.

Astronomlar Galaktikamiz markazidagi qora tuynukning soyasini suratga oldi — foto
13 may 2022, 12:39

Astronomlar Galaktikamiz markazidagi qora tuynukning soyasini suratga oldi — foto

Astronomlar galaktikamiz markazidagi o‘ta massiv qora tuynuk soyasining birinchi suratini e’lon qildi. 2017 yil aprel oyida olingan suratlar ustida besh yil davomida ishlar olib borilgan.

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi
13 may 2022, 11:39

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi

Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy qurilma o‘rnatilganini aniqladi. 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi, 63 tasi bo‘yicha ish sudga oshirildi. Qolaversa, 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Davlat maktablariga alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi
13 may 2022, 11:28

Davlat maktablariga alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi

Prezident 2026 yilgacha maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqladi. Davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi. Qolaversa, Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning tarkibidagi tashkilotlar XTVga tasarrufiga o‘tkazildi.

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST
13 may 2022, 11:20

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti onlayn media va ijtimoiy tarmoqlarning transchegaraviy imkoniyati tufayli nazorat qilish qiyin bo‘lgan alkogolning agressiv raqamli marketingidan ogohlantirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va alkogol marketingini xalqaro tartibga solish dunyodagi yoshlarning hayotini saqlab qolishi va yaxshilashi mumkin, deb hisoblaydi tashkilot.

Xorijiy til bo‘yicha milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
13 may 2022, 11:10 4

Xorijiy til bo‘yicha milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

DTMning milliy baholash tizimi bo‘yicha chet tilidan sertifikatga ega pedagoglarning oyligiga 2025 yil 1 yanvargacha 50 foiz, 2025 yil 1 yanvardan 20 foiz miqdorida qo‘shimcha pul beriladi. Ustama sertifikatning amal qilish muddati davomida to‘lab boriladi.

Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak?
13 may 2022, 11:08

Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak?

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda marafon yugurish ommalashib bormoqda. Yugurish bilan oldin shug‘ullanmaganlar birdaniga uzoq masofani zabt etolmasliklari mumkin. Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak? Qulay sport kiyimlari qanday bo‘ladi? Uzoq masofaga yugurganda ovqatlanish va suv ichishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Marafonning inson organizmi uchun qanday foydali tomonlari bor? Tavsiyalar.

Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi
13 may 2022, 10:31

Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi

Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi
13 may 2022, 09:54

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Hodisa oqibatida 48 nafar o‘zbekistonlik tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan, to‘rt nafar fuqaro reanimatsiya bo‘limida. Ikki kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi
13 may 2022, 09:45

O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi

Juma va shanba kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda bu do‘lga ham aylanishi mumkin. 9 viloyatga sel kelish xavfi bor. (Hududlar ro‘yxati)

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash uchun reyting joriy etiladi
12 may 2022, 23:44

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash uchun reyting joriy etiladi

O‘zbekiston maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash maqsadida 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy qilinadi. Uning natijalari asosida maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Agar maktab «qizil» toifaga tushib qolsa, davlat organlari u yerda uchrashuv, motivatsion suhbat va master-klasslar, «Vatanparvarlik» darslari va poligonlarda ikki kunlik harbiy-dala mashg‘ulotlari, qolaversa, «Vatanga xizmat — oliy fazilat» mavzularida davra suhbatlarini o‘tkazadi.

Bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar un va non narxiga qanday ta’sir qiladi?
12 may 2022, 23:04

Bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar un va non narxiga qanday ta’sir qiladi?

Moliya vazirligi bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar, ya’ni bug‘doy narxini erkinlashtirish ortidan un va non narxlarining sezilarli o‘zgarishini kutmayapti. Moliya vazirligi departament direktori To‘lqin Mirzayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda bug‘doy va un bozorining 70−80 foizi bozor narxlarida shakllanmoqda. Qolaversa, davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.

12 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 may 2022, 22:00

12 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Farg‘onaga borgan prezident, inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani, sel tufayli transport harakati to‘xtatilgan So‘x-Rishton yo‘li, tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘llagan farg‘onalik fermer, Surxondaryodagi 5 ballik zilzila va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 12 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Poytaxtdagi bolalar maydonchasida bir nechta bolalar jiddiy jarohat oldi
12 may 2022, 18:25

Poytaxtdagi bolalar maydonchasida bir nechta bolalar jiddiy jarohat oldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchalaridan birida bir necha bola qo‘lidan og‘ir jarohatlar oldi, ba’zilarining barmoqlari amputatsiya qilindi. Mazkur maydoncha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2021 yil sentabr oyida qurilgan edi.

Toshkentda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12 may 2022, 18:11

Toshkentda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan tezlikni oshirgani sababli ustunga borib urildi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.

Hukumat aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratadi
12 may 2022, 17:25

Hukumat aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratadi

Hukumat qaroriga muvofiq, endi xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari qishloq xo‘jaligidagi shirkat xo‘jaligining ulushdori bo‘lish uchun subsidiya olishi mumkin. Shuningdek, ishsiz fuqarolar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tsa, dastlabki 3 oyda bino va inshootlarning ijarasi qoplab beriladi. Qolaversa, issiqxona qurish, sug‘orish vositalari va ko‘chatlarni xarid qilish uchun 810 mingdan 8,1 mln so‘mgacha sudsidiya beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting