O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimi bo‘sh qolgan. Uning vazifalari prorektor Avaz Mansurov zimmasiga vaqtincha yuklatildi. Sobiq rektor Senat a’zosi etib tayinlangach.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Xalqaro qilichbozlik akademiyasi ochiladi.
2020-yil fuqaro aviatsiyasi sohasida tub burilish yili bo‘ladi, deya umid bildirdi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari. Ular avvallari bu soha monopoliya tamoyillari asosida rivojlangani, tariflar yuqori, xizmatlar sifatsiz bo‘lganini tan oldi.
Akmal Saidov 179 davlatni birlashtirgan jahon parlamentlarining xalqaro organi — Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
«O‘zko‘rgazmasavdo» binosi bazasida qishki sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan muz saroyi tashkil etiladi. Viloyatlarda ham yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlar qurish rejalashtirilmoqda.
Uxandan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan samolyot Toshkentga soat 11:45 da yetib keladi, uning bortida 84 nafar yo‘lovchi, tibbiyot xodimlari va virusologlar bor.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi o‘zini AQSH birjalarida faoliyat olib boruvchi professional treyderlar jamoasi sifatida taqdim etayotgan Topinvest.uz sayti haqida izoh berdi.
O‘zMU — matematika va biologiya, TDTU — geologiya, SamDU — kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.
Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunda o‘sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo‘shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a’zolari — fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Tez orada Piskent tumanida avtomobillarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi qurib bitkaziladi. Shuningdek, 8ta hududiy laboratoriyalar modernizatsiyalashtiriladi.
Madaniyat vazirligi kassabop tomoshalar uchun chiptaning noqonuniy savdosiga chek qo‘ymoqchi. Shu maqsadda, bir oydan so‘ng yangi tizim ishga tushishi kutilmoqda.
Toshkent markazidagi Romanovlar oilasiga tegishli bo‘lgan saroy muzeyga aylantirilmoqda. U ayni paytda Madaniyat vazirligi balansiga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish, xususan bank hisob varag‘iga ega bo‘lish uchun shaxsan bankka kelishi shart bo‘lmaydi. Markaziy bank ana shu yangilik ustida ish olib bormoqda.
Adliya vazirligida xizmat kompyuterlari ish kuni yakunlangach, avtomatik ravishda o‘chirilmoqda. Rahbariyat xodimlarning mehnat soatidan tashqari ishxonada qolib ketishiga qarshi kurashmoqchi. Vazir shu masala haqida gapirib berdi.
Azamat Abduraimov O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqdi.
10 kun davomida (21−31 yanvar) O‘zbekistonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarida 54 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Yilning dastlabki 20 kunida esa 60 kishi yo‘llarda qurbon bo‘lgan edi.
O‘zbekiston eng tez rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. YUNVTO ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yili 27,3 foizga o‘sdi.
250 yo‘lovchi va shifokorlar bilan Pekindan uchib kelayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga 4 fevral kuni soat 17:05 da qo‘nadi.
O‘zbekiston maktablarida koronavirus haqida diktantlar yozdirilmoqda. Bu bolalarning kasallik profilaktikasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov IIV tizimidagi 11 nafar rahbarni ishdan bo‘shatdi. Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda u soha faoliyatiga tanqidiy baho berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting