Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Jenevadagi shoshilinch yig‘ilishda JSST 2019 n-CoV koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi.
WBA va IBF yo‘nalishlari chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Daniel Romanni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sababli Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan kirib kelishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Chiroqchi IIBda bir kishini kaltaklaganidan keyin iste’foga chiqdi.
«Yangi Angren» IESning 4-energobloki nosozlik yuzaga kelishi natijasida to‘xtatildi. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
2020−2022 yillarda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va import qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan Brexit bitimini ma’qulladi. Kelishuvni 621 deputat qo‘llab-quvvatladi, 49 nafari qarshi chiqdi, 13 nafari esa betaraf qoldi.
Chiroqchi IIB xodimlarining gumondorni o‘lgunicha kaltaklanishi va jinoyatni yopishga urinishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov harakatlari bosh prokuror nazoratiga olindi, deya xabar qildi Senat.
Jurnalist va OAVni rivojlantirish jamg‘armasining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov qamalgandan keyingi kechinmalari to‘g‘risida maqola yozdi. Maqola JIEBB muassisligidagi gazetada e’lon qilindi.
Xo‘jayli tuman ma’muriy sudi paxta terimi vaqtida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib jarimaga tortilgan to‘rtta maktab direktorlariga tayinlangan jazoni bekor qildi.
Senat Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba borligini ma’lum qildi.
AOKA direktori v. b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda ishlash maqsadida o‘z lavozimlarini tark etdi. Dilshod Saidjanov AOKA direktori v. b. etib tayinlandi.
Chexiyalik dasturchilar transport vaziri 16 million yevro sarflashni istagan saytni dam olish kunlari bepulga tayyorlab berishdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov koronavirusning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Chegarada sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda, tibbiy muassasalarda zaxira o‘rinlari va dori-darmonlar tayyorlab qo‘yildi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga yangi turdagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli Xitoyga har qanday sayohatlardan saqlanishni tavsiya qildi.
Farg‘onada bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimlariga tajovuz qilib, bir hamshiraning burnini sindirdi.
G‘alla xaridida davlat buyurtmasidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligiga yuklatilgan vazifa va vakolatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
AQSH va Yaponiya rasmiylari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi. Xitoy TIV o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda qattiq turib oladigan davlatlarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting