Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ilk bor ariq voqeasi bo‘yicha izoh berdi. U katta xulosa chiqargani va xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetganini aytib o‘tdi.
Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga yetkazildi. Marhumlar ishlagan «Grinvud» o‘rmon kesish kompaniyasi direktori esa qo‘lga olindi.
Parlament va hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan so‘ng mavjud propiska tizimini ochiq tanqid qila boshladi.
Koronavirus tarqalishi sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi. Uxanda shoshilinch ravishda ushbu virus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun alohida kasalxonalar qurilmoqda.
Parlament va hukumat vakillari prezident murojaatnomasi bo‘yicha munosabatini bildirishdi. Moliya vaziri raqamli iqtisodiyot nega kerakligini tushuntirdi.
Milliy bog‘ hududida attraksionlar, Misr piramidalari ko‘rinishidagi kinoteatr va 20 metr tunnelli okeanariumni o‘z ichiga olgan Magic City oilaviy bog‘ qurilmoqda. Ochilish sentyabrga mo‘ljallangan. «Gazeta.uz» muxbiri loyiha taqdimotida ishtirok etdi.
Juma kuni kechqurun Turkiyaning sharqiy viloyatlari Malatya va Elazig‘da kuchli zilzila qayd etildi. 22 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Navoiy davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,7 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi.
Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.
AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 2−3-fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident bilan uchrashadi va Toshkentda vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif yanvar oyida rejalashtirilgan edi, ammo kechiktirildi.
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li, Ahmad Donish va Yangi Sirg‘ali ko‘chalari bu yil rekonstruksiya qilinadi. Birinchi ikkita ko‘chada velosiped va piyodalar yo‘laklari barpo etiladi.
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishi o‘qish davri kamayishini aytgandi. Ushbu yangilik qaysi yo‘nalishlarga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv xonalaridan birida zilzila paytida shift tushib ketgan. Qurilish vazirligi holat yuzasidan axborot berdi.
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilishdi. Ular suhbat davomida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifini gaplashib olgan.
Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.
Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Unda uchta lavozim bo‘sh qolgan, boshqa o‘rinlarda deputatlar ma’qullagan nomzodlar o‘zgarishsiz tasdiqlandi.
JSST Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyaning «jiddiy» ravishda tarqalayotganini tan oldi, ammo xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qilmadi.
Aktyor Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. U «5-studiya» bilan mehnat faoliyatini davom ettiradi.
Mart oyidan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi. Safar besh soat davom etadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting