Tojik-afg‘on chegarasida sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham sezildi.
Qibray tumanida Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri tashkil etiladi. Uning hududida Farmatsevtika texnik universiteti va sanoat zonasi joylashadi.
Buyuk Britaniyaning Yirik firibgarliklarga qarshi kurashish boshqarmasi Gulnora Karimova bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan mol-mulklar ro‘yxatini e’lon qildi. U uchta ko‘chmas mulk va 10 million funt sterlingdan ortiq pulni o‘z ichiga oladi.
Davlat pensiya ta’minoti solidar tizimga asoslanadi, ammo oxirgi paytda u o‘zini oqlamayapti. Shu tufayli tizimda yangiliklar joriy etiladi. Shuningdek, pensiya yoshi ham o‘zgarishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev samolyot va poyezdlarda xizmatlar sifatining pastligi va chiptalar narxi qimmat ekanligini tanqid qildi.
Ikki guvoh Chiroqchi tuman IIBga olib borilgan erkakning kaltaklangani (buning oqibatida u vafot etdi) haqida Daryo nashriga so‘zlab berdi. Ularning o‘zlari ham kaltaklangan, IIB xodimlari esa ishni «yopti-yopti» qilishga uringan.
Xitoy hukumati Uxandagi chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Shu bilan birga, Xitoy chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarishini ma’lum qildi.
Andijondagi «Jahon buyum bozori» hududida «Tig‘» profilaktik tadbirlari doirasida 350 dan ortiq pichoqning uchi to‘mtoqlashtirildi. Bu kabi choralar «Eski shahar dehqon bozori» hududida ham olib borilmoqda.
Kosonda maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va maktabga ishga joylashtirish uchun 800 dollar pora olayotganda ushlandi.
Qonunchilikdagi yangilikka binoan, manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan. Ammo shu toifa mahkumlarning 300dan ortig‘i davlat pensiyasini olish yoshiga yetgan. Pensiya jamg‘armasi vakili Shuhrat Utaganov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Andijonda sakkiz oylik qizini 5000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.
Xitoyda yangi turdagi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni esa 4,5 mingdan oshdi.
Paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan va jarimaga tortilgan mansabdorlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.
Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Andijonda uy-joy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan X. G‘oyibnazarov vafot etdi. Prokuratura Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi («O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi Germaniyaning dan pearlman Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hayvonlarni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, attraksionlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi.
Human xususiy bandlik agentligi Shohinur Fayzullayevga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zararni qoplab berishi kerak.
Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.
Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting