Mirzakalon Ismoiliyning XX asr boshlarida mustabid tuzum, mahalliy boy va amaldorlar, mutaassib din peshvolari zulmidan qon qaqshagan Turkiston va uning yorug‘ kunga umid bog‘lagan tolesiz xalqiga bag‘ishlangan “Farg‘ona tong otguncha” romani haqda “Gazeta.uz” kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova hikoya qiladi.
Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanishi, «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladigan Marg‘ilon, 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qilgan UzAuto Motors, Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yangi aerodrom majmuasining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan Termiz xalqaro aeroporti 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar yopiladi.
O‘zbekiston prezidenti 19 oktabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar Kengashi qarori bilan «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi. Bu shaharning World Crafts Council tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi. Marg‘ilon ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan qo‘shilgan uchinchi shahar bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.
Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun UzAuto Motors`ga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan fuqarolar to‘rt bosqichda saralab ishga olindi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvarga qadar yer ajratish haqida qarori yo‘q yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi.
2020-yildan 2030-yilgacha kamharakatlik tufayli dunyo bo‘ylab 500 milliondan ortiq odam yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinishi mumkin. Hozirda o‘smirlarning 81 foizi va kattalarning 27,5 foizi faol bo‘lmagan turmush tarzini olib boradi.
O‘zbekistonlik abituriyentlar Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida kvota asosida bepul o‘qishlari mumkin. Bu imkoniyat “Open Doors” olimpiadasi g‘oliblariga ham taqdim etiladi.
Jomboy tumanida Nexia va Spark to‘qnashuvi oqibatida tug‘ruqxonadan olib ketilayotgan 3 kunlik chaqaloq hamda haydovchi vafot etdi.
Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obyektlariga kiruvchi uskuna va inshootlarni nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari hamda qurilish-montaj, ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Farg‘ona viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi.
Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Asaka bank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.
Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Moskvadan Urganchga uchayotgan «Azimut» kompaniyasining SSJ-100 samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samaraga favqulodda qo‘ndi. Hozir reys Urganchga yetib bordi.
Markaziy bank 19-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 157,43 so‘m etib belgiladi. Banklar ham o‘z takliflarini yangiladi.
Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.
Toshkent shahrida 22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 24 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting