Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qildi va zarur choralar ko‘rilishiga va’da berdi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi.
Bekoboddagi 15-MTM tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. SSV holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Xalqaro xokkey federatsiyasiga qabul qilindi.
Balashixada muzey restavratsiyasi uchun taklif qilingan o‘zbekistonliklarning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanishi yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy murojaat yo‘llandi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha sudyalarning 22,2 foizi 35 yoshga to‘lmagan. Yoshligi va tajribasizligi sababli ular qabul qilgan qarorlarning ayrimlari yuqori bosqich sudlari tomonidan bekor qilingan.
Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi.
2017-yilda davlatga xiyonatda ayblanib qamalgan sharqshunos olim Andrey Kubatin oqlandi.
Fransiyaga 12 yil prezidentlik qilgan Jak Shirak 87 yoshda vafot etdi.
«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosari soxta hujjatlar bilan katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh vazir topshirig‘i bilan 1 fevralga qadar o‘rmonlardan tashqaridagi daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu vaqt davomida daraxt va butalarni parvarishlar, kaltalatik va kesish me’yorlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Qashqadaryoda ikki «Damas»ning to‘qnashib, yonib ketishi oqibatida besh kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Qozog‘iston O‘zbekistonda talab kuchayib ketgani sababli sigirlarni mamlakatdan olib chiqishni chekladi va chorva eksportini to‘liq taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.
Toshkent prokuraturasi Kun.uz muxbirini jinoyat sodir etishda ayblagan Olmazor hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi.
1 oktyabrdan boshlab xalqaro kartalardagi mablag‘larni bankomatlar orqali faqat so‘mda yechib olish mumkin. Markaziy bank buni xalqaro amaliyot bilan bog‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan 20 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga oshdi.
IIV tomonidan yangi tashkil qilingan Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.
Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori.
Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridik shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting