Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridik shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
«Humo arena» sport kompleksida o‘tkazilgan para-dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
«Issiq non» to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari suriladigan bo‘ldi.
“O‘zenergoinjiniring” va Fransiyaning Assystem kompaniyasi elektr tarmoqlari va energetika obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.
DXX Qozog‘istondan ko‘p miqdordagi bioqo‘shimchalar, «Sonnat» dori vositalari va muddati o‘tgan onkologik preparatlarning olib kirilishiga chek qo‘ydi.
Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo davlatlar 2020 yilda O‘zbekistondagi qator anjumanlarda yoshlarning radikallashuvi muammolarini muhokama qiladi.
Martdan boshlab kecha-kunduz ishlaydigan hojatxonalari bo‘lmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Ular egalariga savdo va ovqatlanish shoxobchalarini ochish tavsiya qilindi.
Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi Buxoro viloyatida 1,8 mlrd dollarlik shamol elektr stansiyasini qurishga kirishdi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki soat ichida 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonerlar qo‘lga olindi.
Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Azizov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Avtoishonchnoma, migrantlar uchun mikroqarzlar, trade-in, oshirilgan aksiz solig‘i — 1 oktyabrdan kuchga kiradigan muhim o‘zgarishlar.
«Forish» poligonida Mudofaa vazirligi razvedka bo‘linmalarining «Razvedka reydi» musobaqasi yakuniy bosqichi boshlandi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2020−2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamasi yakuniga yetmoqda. Jahon Bankining Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jalik dasturi koordinatori Sergiy Zorya nima uchun strategiya hozirgi ko‘rinishida qabul qilinishi kerakligi haqida so‘zlaydi.
Yangiyo‘l tumanida mast holatdagi fuqaro o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida boshqa bir shaxsni oshxona pichog‘i bilan urib, qasddan o‘ldirgan.
Sobiq Chorsu mehmonxona kompleksi 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Sobirjon Rustamov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyatida yashovchi shaxsning uyida 1 kilogrammdan ortiq marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotgani aniqlandi.
Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli yo‘l qisman yopiladi.
Hisob palatasi raisiga Mehriddin Abdullayev birinchi o‘rinbosar, Bahodir Turobov o‘rinbosar etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting