AQSH O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegarada radioaktiv materiallar kontrabandasini aniqlash uchun uskuna taqdim etdi.
Parasuzuvchilar Shohsanam Toshpo‘latova, Islom Asanov va Firdavs Musabekov Tokiodagi Paralimpiada-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chegarachilar Toshkent viloyatida chegara orqali dron yordamida 600 plastinkadagi «Tramadol» dori vositasining olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.
Jangarilar elektr uzatish liniyasini portlatgani sababli O‘zbekistondan Afg‘onistonning 11 ta provinsiyasiga elekr uzatish keskin qisqardi.
Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan yoshlar O‘zbekistondagi o‘rta maxsus va oliy islom ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘la oladilarmi? Dilmurod Yusupov va Ulug‘bek Mamatxonov ushbu masalani o‘rgandi.
Surxondaryo viloyati prokurori Ulug‘bek Qosimov va Farg‘ona viloyati prokurori Sadriddin Turdiyev o‘rin almashdi.
Namanganda o‘tkazilgan «XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiyalar va innovatsiyalarning roli» mavzuida xalqaro konferensiyada 92,7 mln. dollarlik kelishuvga erishildi.
Koreyaning Shinxan universiteti bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan yig‘im ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon O‘FA taklifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimi (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) O‘zbekistonda ratifikatsiya qilindi.
Samarqandda YPX xodimi tomonidan urilgani aytilgan ayol aslida qon bosimi ko‘tarilib yiqilib tushgan. Uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘illari inspektorning pogoni va ko‘krak nishonini yulib olgan.
Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy sudlar tomonidan olti oyda 483 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ davlat byudjetiga undirildi.
Shu vaqtga qadar Moliya vazirligida ishlagan Nodir Murotov jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident Qo‘qondagi 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqaradigan «Shaffof omadli sanoat» kompaniyasiga tashrif buyurdi. Ularning taxminiy narxi — 3000 dollar.
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Nyu-Yorkda kolumbiyalik Uilner Sotoni texnik nokautga uchratdi.
Toshkentda soxta to‘pponcha bilan qashqadaryolik fuqaroga hujum qilgan uch gumondor qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonda turar joylar qurilishi bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berdi. «Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak», — dedi u.
Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting