Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy sudlar tomonidan olti oyda 483 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ davlat byudjetiga undirildi.
Shu vaqtga qadar Moliya vazirligida ishlagan Nodir Murotov jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident Qo‘qondagi 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqaradigan «Shaffof omadli sanoat» kompaniyasiga tashrif buyurdi. Ularning taxminiy narxi — 3000 dollar.
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Nyu-Yorkda kolumbiyalik Uilner Sotoni texnik nokautga uchratdi.
Toshkentda soxta to‘pponcha bilan qashqadaryolik fuqaroga hujum qilgan uch gumondor qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonda turar joylar qurilishi bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berdi. «Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak», — dedi u.
Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Qashqadaryo viloyatida «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.
Sarvar Babaxodjayev yangi tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
SSV Qashqadaryoda tibbiy yordam mashinalari yonilg‘isi hamda ehtiyot qismlari haydovchilar zimmasiga yuklanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Deputatlar «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini qabul qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish bo‘yicha AFI deklaratsiyasini qabul qildi.
Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1954 yilda ishlab chiqarilgan «Makarov» pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
«Toshkent-Andijon» poyezdi elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli Angren vokzalida 50 daqiqa turib qoldi.
Dam olish kunlari ob-havoning bir oz sovishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Izabel Servoz-Galluchchi Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting