Prezident qarori bilan 7 ta vazirlikning buyurtmachi xizmatlari tugatilib, ularning amaldagi buyurtmalari mahalliy hokimliklarning injiniring kompaniyalariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun gaz va paxtani eksport qilmayotganini bildirdi. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oyda xorijga gaz yetkazib berish qiymat jihatdan 60,9 foizga — 645,9 mln dollarga oshgan.
12−13 oktabrda Toshkentda O‘zbekistonning chakana savdo korxonalari va iste’mol mollari ishlab chiqaruvchilar uchun Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu yerning o‘zidan yangi uy beriladi, dedi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Bunga 3341 nafar mulkdor kompensatsiya evaziga rozi bo‘lgan, 685 nafari esa norozi, yana 160 ta uy egasi topilmagan. Hozircha buzishga ko‘p yillik daraxtlar xalaqit bermoqda.
Rossiya iyulda O‘zbekiston eksport yo‘nalishlari tuzilmasida Xitoyni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu davlatlar bilan savdo aylanmasi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir paytda Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada sustlashdi.
Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan Zoyir Mirzayev, uning prezidentga kiritgan takliflari, ishdan olingan 4 nafar tuman bosh imomi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirgani, Jizzaxdagi YTH va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Eronda hijob tufayli politsiya tomonidan hibsga olingan qizning o‘limi sabab tartibsizliklar bo‘ldi. Unda kamida 8 kishi, jumladan, 2 huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi. Ayrim hududlarda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanish cheklangan. Ayollar norozilik sifatida hijoblarini yoqib, sochlarini kesmoqda.
Rossiya yaqinda mamlakat fuqaroligini olgan Markaziy Osiyodan bo‘lganlar uchun majburiy harbiy xizmatni qonuniylashtirmoqchi. «[Bu] tashabbus ushbu mamlakatlar rasmiylarining o‘z fuqarolarining maxsus operatsiyada ishtirok etishini taqiqlaganiga adekvat javob bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.
15−16 sentabr kunlari sammit o‘tkaziladigan joyda COVID-19 kasalligini aniqlash uchun tashkilotchi va ishtirokchilarning testi amalga oshirildi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 30,32 so‘mga qimmatlab, 11 010,33 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
22 sentabr kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, tadbirkorlik, sanoat, agrar soha rivoji, turizm va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Zoyir Mirzayev taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy tarmoqlar uchun zarur elektr energiya resursini rejalashtirish bevosita suv oqimi hajmini prognozlashtirish imkoniyatlari va salohiyatiga bog‘liq.
Prezident dam olish kunlari Bo‘stonliq yo‘lida tirbandliklar bo‘lishini tanqid qildi. «Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi-ku», — dedi u. Viloyatda favqulodda holat e’lon qilinadi, Parkent, Angren va Ohangaronda turizm klasterlari tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Unda 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Prezident kelgusi yildan Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» ipoteka dasturi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Viloyatda yashovchi har bir fuqaro yangi xonadondan bir marta imtiyozli ipoteka krediti asosida olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi u viloyat kengashi sessiyasida.
Shavkat Mirziyoyev Nurafshonda xalq vakillari bilan suhbatda Qirg‘iziston bilan chegara borasidagi kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi va ilgari chegara hududlarda minalar bo‘lganini aytdi. «Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim», — dedi prezident
Markaziy bank 22-sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 980,01 so‘m etib belgiladi. O‘zgarishdan so‘ng tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.
Jizzax viloyatida o‘rmon noziri 14 dona terak va qayrag‘och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilganlikda gumonlanyapti. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting