O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi Senatning yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Vazirlar Mahkamasining nizomiga ko‘ra haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.
To‘raqo‘rg‘onda «MAN» avtomashinasida borayotib boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi bir fuqaroning uyiga zarar yetkazdi va yetkazgan zararini qoplab berdi.
Prezident farmoni bilan Mustaqillik bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 4 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 2 kun dam oladi.
Navoiyda o‘g‘lining mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgani sabab mast holdagi ota YPX inspektoriga qo‘l ko‘tarib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Osiyo taraqqiyot banki va Energetika vazirligi o‘rtasida loyiha qiymati 800 mln. dollarga teng fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga doir bitim imzolandi.
18 avgust kuni Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlariga yaqin hududda 2 ballik zilzila qayd etildi.
26−30 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivalining yangi logotipi tasdiqlandi.
Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan jangovar tayyorgarlikning oddiy va samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha bir nechta usul va uslublar ishlab chiqildi.
2019−2020 yillarda Toshkentda yangi maktablar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun 800 mlrd so‘m ajratiladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi yarim yilda 257 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning olti oyiga nisbatan 2,8 barobarga oshdi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning hisob raqami muzlatildi. Uning turmush o‘rtog‘i Raisa Atambeva unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida boks federatsiyasining Tokio olimpiadasiga va Yekaterinburgda o‘tkaziladigan jahon chempionatmga tayyorgarligi yuzasidan hisobot-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari A.Vahabov hamda «KUN.UZ» nashri xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh toksikologi va bosh gematologi iyulda zaharlangan 48 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatish uchun Samaraga uchib ketdi.
Tibbiy yordam davlat byudjeti hisobidan ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatiga 131 turdagi xastaliklar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasi xodimi o‘zini tadbirkor sifatida tanishtirgan murojaatchi bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Elektr energiyasi uchun «kunduzgi» va «tungi» tariflarni yetkazib berishdagi muammolar sababli joriy etish mumkin emas. Biroq Energetika vazirligi boshlang‘ich, kamaytirilgan va oshirilgan tariflarni joriy etish imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda.
Oqqo‘rg‘on tumani markaziy dehqon bozorida yoymachi ayollar savdo majmuasi qurilishiga qarshilik ko‘rsatib, yangi qurilgan devorni buzib tashladi. Toshkent viloyati hokimligi mazkur vaziyatga izoh berdi.
Og‘ir holatdagi to‘rt nafar zaharlangan o‘zbekistonlik gematologik markazida davolanishni davom ettirish uchun Rossiya FVVning maxsus samolyotida Samaradan Moskvaga olib kelindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting