Kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.
«O‘zbektelekom» mamlakatda keng polosali internetdan foydalanishni kengaytirish uchun YeTTBdan 100 mln dollar miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi.
O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi doktorantlariga prezident sovg‘asi — 1 xonali uylar topshirildi.
G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov zimmasiga hudud rahbari vazifasini bajarish yuklatildi.
Toshkent viloyatida uchta xalqaro darajadagi kurort qurilishi uchun 500 mln dollardan ziyod mablag‘ jalb etiladi. Yetti shahardan iborat «Oltin halqa» barpo etiladi.
Toshkent aeroportining uchib kelish zaliga shahar drenaj tizimi sababli suv sizib kirgani ma’lum qilindi.
Portugaliyada O‘zbekiston fuqarosi pichoqdan olgan jarohat natijasida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ramazon hayitining birinchi kuni (5 iyun) Toshkentdagi jamoat transporti 4:00 dan ish boshlaydi.
O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi.
«Farxod» chegara bojxona posti orqali AQSH dollari va qozoq tengesining olib chiqilishi holati to‘xtatib qolindi.
Qarag‘andada (Qozog‘iston) uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlandi.
«Novza» metrosi yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda beshta avtomobil ishtirokidagi avariya Bunyodkor shoh ko‘chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbandliklarga sabab bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon bayrami arafasida jazo o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 575 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Agroekspertlar O‘zbekistonga paxta va bug‘doy kvotalarini bekor qilish, ular narxini oshirishga ruxsat berish va qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini liberallashtirishni tavsiya qilmoqda.
Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatida bir AQSH dollari 8513,57 so‘m etib belgilandi.
Xalq ta’limi tizimida xorijlik ekspert taklifi bilan ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish bo‘yicha 700 dan ziyod trenerlar tayyorlandi.
Navoiy shahar sudi ochiq sudida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi vrachi firibgarlikka qo‘l urgani uchun jazoga tortildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Fijida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik Adhamjon Ergashev uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting