O‘zbekiston futbolchilar o‘rtoqlik uchrashuvida qatarlik raqiblarini mag‘lub etib, Ektor Kuper rahbarligi ostida ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chog‘ida ta’lim va hududlararo hamkorlik forumlari, AES qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
16 oktyabr kuni Termizda Afg‘onistonning bosh konsulxonasi ochildi.
Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Farg‘ona shahri hokimi Shavkat Erkaboyev va Farg‘ona tumani hokimi Sodiqjon Imomaliyev vazifasidan ozod qilindi.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan O‘zbekistonda birinchi marotaba «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda har seshanba kuni xotin-qizlar ishtirokida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi.
Las-Vegas shahrida taekvondo bo‘yicha “President's CUP” xalqaro reyting musobaqasida Jasurbek Jaysunov oltin, Madina Mirabzalova va Madina Mannopova bronza medali sohibi bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasida joriy yil 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulugbek tumanida 5 ta turli rusumdagi avtomashinalarining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olgan shaxs qo‘lga olindi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Fransiyada o‘tgan Chrono des Nations musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i ostida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fuqarolar yig‘ini raisining navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkaziladi.
Fransiya janubidagi suv toshqinlari vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishining ahvoli og‘ir, bir kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Budapeshtda o‘tkazilgan «First Saturday GM» xalqaro turnirida Javohir Sindorov uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.
Samarqandda Orolbo‘yi bo‘yicha forumda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilayotgani e’lon qilindi.
Prezident qarori bilan Buxoro viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’ektlari negizida kichik sanoat zonalari paydo bo‘ladi.
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida chop etishga mo‘ljallangan kichik bosmaxona ochildi.
Noyabrda turk shifokorlari — bepushtlik va onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha mutaxassislar bepul tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadi.
Konstantin Akulov «O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting