Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga borgan Shavkat Mirziyoyev, Westminister`ga o‘qishga kiritish uchun $10,2 ming, Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medal, telekanal efirlaridagi rejali uzilishlar, ishsizlik darajasi, yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘lishi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
«Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73,7 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi. Mazkur holatlarga huquqiy baho berish va kamomadlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.
DXX tomonidan 10,2 ming dollar evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Gumonlanuvchi oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga 60 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha pul mukofoti beriladi. Shuningdek, g‘oliblar magistraturaga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida yana 14 ta — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPXning Nexia 3 avtomobili to‘qnashib ketdi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi.
Markaziy bank O‘zbekistonda «Oriyonbank»ning (Tojikiston) vakolatxonasi akkreditatsiya qilinganligi haqida xabar berdi.
Prezident metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishida 15 foiz, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilayotgani, qolaversa, jahon bozorida metall narxi oshayotganini ta’kidladi. Bosh vazir maslahatchisi Bobir Islomov mamlakatda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.
Prezident Bekoboddagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi qiymati 672 mln yevrolik quyuv prokat majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Uni 2024 yilda ishga tushirish, yiliga 1 mln tonna po‘lat listlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Davlat rahbari korxonani tezroq ishga tushirishni buyurdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentliklari rahbarlari, jurnalist, inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, «Yuksalish» UMH rahbari, mentor va bloger 2022 yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
O‘zbekiston bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli 18−25 avgust kunlari asosan tungi vaqtlarda telekanallar efirlarida uzilishlar kuzatiladi. Bu vaqtda abonentlardan tyuner va televizor sozlamalariga tegmaslik so‘ralmoqda.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tojikistondan umumiy qiymati 17,3 mln dollar bo‘lgan 6,6 ming tonna paxta import qildi. Paxta importi hajmi sement hamda elektr energiyasidan ham ortib ketdi.
Bir necha salqin kechalar va o‘rtacha issiq kunlardan so‘ng, yakshanba kuni harorat yana ko‘tariladi, +39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Faqat juma kuni kechasi Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi va sel kelishi mumkin.
1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi.
Davaktiv agentligi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” hususiylashtirilishi yuzasidan konsultant kompaniyalar uchun tanlov e’lon qildi. Zavodning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotiladi.
Germaniya va O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi sohasidagi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yevro bo‘lib, 2022−2026-yillarda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
O‘ta yirik hajmda o‘g‘rilikni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqaro AQShda ushlandi. Amerika tomoni uni mamlakatdan chiqarib yubordi. AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xodimlari gumondorni Toshkent aeroportida O‘zbekiston tomoniga topshirdi.
Samarqand viloyatida «Damas» avtomobili tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki fuqaro jarohatlandi.
Pul va mashina bilan mukofotlangan shaxmat chempionlari, «Tabiat himoyachisi» nishoni, Tojikistondan o‘tuvchi «Guliston-Qo‘qon» yo‘nalishidagi avtobuslar, Toshkentdagi 1-ipoteka markazi, o‘zbekistonlik yo‘lovchilar muammosini yoritgani uchun tahdidga uchragan o‘shlik jurnalist va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti noqonuniy yer sotishga urinishlarni to‘xtatib qoldi. Jumladan, Pop tumani hokimining sobiq o‘rinbosari «Yangi O‘zbekiston» massivida sakkizta uy qurish uchun ruxsatnoma berish uchun pul olayotganda ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting