Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sportning turli yo‘nalishlarida yana 21 ta — 5 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Chilonzorda yuzlab daraxtlar ildiziga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq mojaro tinchimay turib, Yakkasaroyda shunday holat takrorlandi. Bu safar tanlovda ishtirok etish uchun uy fasadini «xayriya asosida» ta’mirlayotgan kompaniya tomonidan amalga oshirildi. Voqea joyida bloger Nikita Makarenkoga tahdid qilindi.
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlashlari kerak.
Kriptoaktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mashhur kriptobirjalarning saytlariga kirish ularning faoliyat yuritish uchun litsenziyasi bo‘lmagani sababli bloklanganini ma’lum qildi.
Magic City bog‘ida ikki fotosuratchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal vaqtida ulardan biri ikkinchisiga pichoq o‘qtaldi. Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatildi, uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda. Gumondorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida mahalliy taksi haydovchilarining O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘pol munosabati va bir necha barobar yuqori yo‘l haqi olishi kabi muammolarni yoritgan o‘shlik jurnalist Shohrux Soipov «Gazeta.uz» ga o‘ziga nisbatan tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston fermerlar kengashi paxta xomashyosining minimal narxlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ipoteka markazi ochildi. U poytaxtda qurilayotgan uylar, unga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida ma’lumotlar beradi. Qayd etilishicha, 2022 yilda ipoteka kreditlari uchun budjetdan 13 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Dori-Darmon» AJni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniya jalb etishni rejalashtirmoqda. Korxonaning 51% aksiyalari paketi sotuvga qo‘yiladi.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro o‘z hovlisida 17 tup «marixuana» yetishtirganlikda gumonlanmoqda. Uning xonadonida salkam 13 kg «nasha» va «ko‘knori» borligi aniqlandi.
Tez kunlarda “Guliston — Qo‘qon” yo‘nalishida Tojikiston orqali harakatlanuvchi yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘ladi, yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasportini olish talab etiladi. Yo‘lovchilarni Tojikiston hududida tushirish va olish taqiqlanadi.
Alisher Sa’dullayev 2026 yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini O‘zbekistonda o‘tkazish qaroriga erishish oson kechmaganini ma’lum qildi. FIDE Bosh Assambleyasida jahondagi vaziyatdan kelib chiqib, viza, mamlakatga kirib-chiqish va boshqa masalalarda ko‘plab savollar berilgan.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibida bo‘lgan «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. Mutasaddi idora tomonidan bog‘ bo‘yicha nizom ishlab chiqish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti va Equinox avtomobili topshirildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrashda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritganlar taqdirlanadi. Ularga BHMning 4 baravari — 1,2 mln so‘m pul mukofoti ham beriladi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi chorshanba kuni ertalabdan kvartiralar, uylar, pod’ezdlar, ofis binolari va gaz taqsimlash punktlarida kuchli gaz hidi kelayotganidan shikoyat qilishdi. Tuman hokimligi bunga tabiiy gazga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Birinchi test kuni natijalari, qon donorlariga imtiyozlar, «bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r», Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari, ishdan bo‘shatilgan Oliy sud raisi, o‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etgani, quduqlarni burg‘ilashga moratoriy va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.
Prezident farmoni bilan butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlari «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, ayollar terma jamoasi a’zolari esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting