Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘ldi.
Qo‘shrabot tumanida 77 ta qishloq aholi punktida 158 ta ichimlik suv inshooti, 408,1 kilometr suv tarmog‘i qurilib rekonstruksiya qilinadi.
«Farg‘ona» poligonida ixtirochilik, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Molochnaya kuxnya» va Novopharma Plus kompaniyalari o‘zining yopib qo‘yilishiga qarshi chiqdi. Sanepidemnazorat ushbu kompaniyalarning hududi yaqinida go‘yoki uchta hayvon qabristoni topilgani bois ularning faoliyatini to‘xtatishni talab qilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri jonivorlar ko‘milgan deb aytilayotgan joyda bo‘ldi va tomonlarning fikrlarini o‘rgandi.
China Cup musobaqasida Xitoy termasiga qarshi o‘yin vaqtida boldirini sindirib olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Londonda operatsiya qilindi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Mastercard va Visa to‘lov tizimlari O‘zbekistonda keng qo‘llanilmasligining uch sababini sanab o‘tdi.
Aldov yo‘li bilan tanishlarining nomiga kredit shartnomasi rasmiylashtirib, do‘kondan olingan buyumlarini bozorda sotib yuborgan shaxslar javobgarlikka tortildi.
Axborot texnologiyalari, 5G mobil aloqa, kosmik texnologiyalar, tibbiyot va biosanoat kabi ilg‘or sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim, deb hisoblaydi Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In.
Koreya Respublikasi prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi, aeroportda uni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Milliy gvardiyaning tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston «Chegarasiz muxbirlar» xalqaro tashkiloti matbuot erkinligi reytingida 5 pog‘ona yuqorilab, 160- o‘rinni egalladi. Biroq vaziyat «yomon» sifatida baholanmoqda.
17 aprel kuni Samarqand — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyevning jangi 26 aprel kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Hukumat qarori bilan bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi hamda jamg‘arma nizomi tasdiqlandi.
Shahrisabzda endi tug‘ilgan chaqaloqni 10 million so‘mga sotib, bu haqda tilxat bergan fuqaro qo‘lga olindi.
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin.
Valyuta savdosi bilan shug‘ullangan xivalik fuqaro 200 AQSH dollarini noqonuniy ravishda sotib olayotganida qo‘lga olindi.
Toshkent hokimiyati Tumaris qandolatchilik fabrikasidan yer uchastkasi olib qo‘yilgani uchun 2,7 mlrd so‘m tovon puli to‘laydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting