Arxiv

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi
2 avgust 2022, 23:08

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi

O‘zbekistonda avtomobil bozori yilning birinchi yarmida ikki baravardan ziyod oshdi. O‘sishning asosiy qismi eski avtomobillar savdosi bo‘yicha 308 ming bitim tuzilgan ikkilamchi bozorga to‘g‘ri keldi. Xorijiy avtomobillar savdosi 50 foizga oshdi.

Prokuratura maktab formasini sotib olish shartligi to‘g‘risidagi xabarni o‘rganmoqda
2 avgust 2022, 22:48

Prokuratura maktab formasini sotib olish shartligi to‘g‘risidagi xabarni o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida prokuratura maktab formasini majburiy sotib olish uchun tilxat yozdirib olayotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt prokuraturasi ushbu ma’lumotni tekshirmoqda.

O‘qituvchilar ta’til vaqtida ajriq chopishga jalb qilindi. Maktab direktori jarimaga tortildi
2 avgust 2022, 22:29

O‘qituvchilar ta’til vaqtida ajriq chopishga jalb qilindi. Maktab direktori jarimaga tortildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ta’til vaqtida o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni ishdan bo‘shatish tahdidi bilan maktab hududini begona o‘tlardan tozalashga majburlagan direktor 15 mln so‘m jarimaga tortildi.

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»
2 avgust 2022, 21:13

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan «tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari» shu shior ostida o‘tkaziladi. Tadbirlar dasturi prezident tomonidan tasdiqlandi.

Innovatsiyalar vazirligi ikki marta prezident kitobi uchun mobil ilova yaratishni moliyalashtirishni rad etdi
2 avgust 2022, 21:01

Innovatsiyalar vazirligi ikki marta prezident kitobi uchun mobil ilova yaratishni moliyalashtirishni rad etdi

Deputat Akmal Saidov taklifi bilan prezidentning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» kitobi uchun mobil ilova yaratishga 2,6 mlrd so‘m so‘raldi. Biroq loyiha Innovatsiyalar vazirligi hay’atida ko‘plab savollar tug‘dirdi va ikki marta moliyalashtirish rad etilib, g‘oya qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi.

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha hujjat sentabr oyida imzolanadi
2 avgust 2022, 17:55

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha hujjat sentabr oyida imzolanadi

Sentabrda Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammitida Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi kutilmoqda. Hozir tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari v. b. Vladimir Norov.

OTMlarga kirish test sinovlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda
2 avgust 2022, 16:44

OTMlarga kirish test sinovlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda

DTM abituriyentlar uchun imtihonni 8 avgustdan boshlash taklifi loyihasi tegishli tashkilotga kiritilganini ma’lum qildi. Imtihonlar 10−13 kungacha davom etishi mumkin. Bu yil eng ko‘p abituriyent O‘zMU, Namangan, Urganch davlat universitetlari, Jizzax va Toshkentdagi pedagogika o‘quv yurtlarida o‘qish niyatida.

«Mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tdi deb topish mezonlari shunchalik qiyinki, bunga ideal odam bo‘lish kerak»
2 avgust 2022, 15:41

«Mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tdi deb topish mezonlari shunchalik qiyinki, bunga ideal odam bo‘lish kerak»

Mahkumlarga oid qonun loyihasi muhokamasi deputatlar va IIV vakillari o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘ldi. Hujjatda mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi uchta mezon qayd etilgan. Nurdinjon Ismoilov mezonlar juda qiyinligi, «bunga mos kelish uchun mahkum ideal bo‘lishi kerak"ligini ta’kidladi.

Qashqadaryoda veloyo‘lak va piyodalar yo‘lakchasi qurish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
2 avgust 2022, 14:52

Qashqadaryoda veloyo‘lak va piyodalar yo‘lakchasi qurish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Muborak tumanida korxona rahbari va boshqalar tomonidan piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda.

AQSh Afg‘onistonda «Al-Qoida» yetakchisining yo‘q qilinganini e’lon qildi
2 avgust 2022, 14:40

AQSh Afg‘onistonda «Al-Qoida» yetakchisining yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden «Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavohiriy Afg‘oniston poytaxti Kobulda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari jabrlanmagan, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.

Toshkentdagi YTH oqibatida yosh bola vafot etdi
2 avgust 2022, 14:05

Toshkentdagi YTH oqibatida yosh bola vafot etdi

Toshkent shahridagi 14-oilaviy poliklinika oldida Matiz haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, ikki piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida besh yoshli bola vafot etdi.

«Xatolardan biri tuzatilgani uchun rahmat aytilmaydi». Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Twitter blokdan chiqarilgani haqida
2 avgust 2022, 12:53

«Xatolardan biri tuzatilgani uchun rahmat aytilmaydi». Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Twitter blokdan chiqarilgani haqida

Twitter, «Vkontakte» va WeChat tarmoqlari blokdan chiqarildi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilari ushbu xabarga bildirgan fikrlarni bir materialga jamladi. Foydalanuvchilardan biri «1 avgustni Twitter ozod qilingan kun — umumxalq bayrami» deb e’lon qilishni taklif qildi.

Toshkent viloyatida 16 yoshli bola onasini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda
2 avgust 2022, 12:39

Toshkent viloyatida 16 yoshli bola onasini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda

Toshkent viloyatida 16 yoshli bola ikki sherigi bilan o‘zining onasini qasddan o‘ldirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani va ular ayolning jasadini uyning yerto‘lasiga ko‘mib tashlagani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX oltita viloyatda qariyb 20 kg giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi
2 avgust 2022, 12:20

DXX oltita viloyatda qariyb 20 kg giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi

O‘zbekistonning oltita viloyatida huquq-tartibot organlari ayrim shaxslar yonida qariyb 15 kg «opiy» hamda salkam 4 kg «gashish» moddasi borligini aniqladi. Ularning aksariyati moddalarni qo‘shni davlatlardan olib kirib, sotishni rejalashtirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmda fuqaroni $500 evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 avgust 2022, 11:09

Xorazmda fuqaroni $500 evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Xorazmda fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Andijondagi holatda esa fuqaro boshqa bir fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 9 mln so‘m olganlikda gumon qilinmoqda.

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik migrant ovqatdan zaharlandi
2 avgust 2022, 10:53

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik migrant ovqatdan zaharlandi

Volgograd viloyatidagi fermer xo‘jaligida ishlayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ular hozir shifoxonada, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy konteyner va tomografiya uchun skanerlar topshirdi
2 avgust 2022, 10:35

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy konteyner va tomografiya uchun skanerlar topshirdi

Yaponiya O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi uchun uchta skaner, ultratovush va rentgen apparati bilan jihozlangan mobil tibbiy-diagnostika konteynerini topshirdi. U chekka hududlar aholisiga, shu jumladan, tabiiy ofatlar paytida yordam berish uchun ishlatiladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi
2 avgust 2022, 10:18

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi

Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi
2 avgust 2022, 10:13

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi

Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

RTL Alliance xavfli yuklarni yetkazib berish muammosini hal qilishga yordam beradi
2 avgust 2022, 09:00

RTL Alliance xavfli yuklarni yetkazib berish muammosini hal qilishga yordam beradi

RTL Alliance xalqaro logistika kompaniyasi jahon logistikasidagi murakkab vaziyatga qaramay, turli mamlakatlardan xavfli yuklarni yetkazib berish muammosini muvaffaqiyatli hal qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting