Namangan viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvi ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi poytaxtda ham uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Baxshichilik festivalidagi nutqida «ommaviy madaniyat», shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotganini ta’kidladi.
Ombudsman, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Yuksalish» harakati vakillaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi.
DSQ Shayxontohur tuman Davlat soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Adliya organlarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan nol darajadagi toqatsizlik e’lon qilindi va idoraviy dastur qabul qilindi.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida qatnashish uchun Surxondaryoga kelgan Shavkat Mirziyoyev Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.
Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda 25 kilometrli avtomarafon o‘tkaziladi.
NHHLM portaliga prezidentning «Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Baxtiyor Anorqulov «O‘ztransgaz» raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi. Bunga «Lukoyl» oldidagi 600 mln dollarlik qarz sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Termizda bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Shahobiddin Zoirov professional boksdagi ilk jangida indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi jangda nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
2020 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkning yangi egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi.
Sirdaryo viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda profilaktik hisobda turgan yetmaganlarning Samarqandga sayohati tashkil etildi.
DSQ tomonidan pensiyani hisoblash uchun masofadan turib oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish imkonini beradigan elektron xizmat joriy etildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi to‘liq avtomatlashtirilib, jahon standartlariga moslashtiriladi.
Qashqadaryo viloyatida yuk poyezdi kuchli jala oqibatida 2,5−3 metrga cho‘kkan temir yo‘l uchastkasida tiqilib qoldi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Yevrobondlarni chiqarishdan olingan mablag‘larning asosiy qismini (qariyb 890 mln dollari) banklar depozitlariga joylashtirish davlat byudjeti xarajatlarining o‘sishiga olib kelmaydi — Moliya vazirligi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik majburiy etib belgilandi. A’zolikdan chiqishda yerga egalik yoki yer uchastkasidan foydalanish huquqi bekor qilinadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting