«Karomatoy ipakchi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, 45 yoshli I.T. mast holatda rafiqasini urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq holatlarni fosh etishdi.
Xronometraj ko‘zdan kechirishdan o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi institut va injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
O‘tgan yili o‘tkazilgan qo‘shma reydlar natijasida noqonuniy taksichilar 26,2 mlrd so‘m jarimaga tortildi.
«Mimino», «Kin-dza-dza!» kabi filmlar rejissyori Georgiy Daneliya uzoq xastalikdan so‘ng 88 yoshda vafot etdi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish 2017 yilda tamaki iste’molidan ko‘proq — 11 million kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyatida «Ahmadboy» nomi bilan mashhur Ahmad Tursunboyevga nisbatan ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Jami 16 kishi sudlanmoqda.
Rio olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov professional ringdagi ilk jangida indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi ringga chiqadi.
Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Xatirchida yashovchi G. N. (ismli ayol) oilaviy janjal oqibatida mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i B.N.ning qorniga pichoq bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Tojikiston yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoat majmuasi qo‘shma korxona ochadi.
Bosh prokuratura rahbariyatining Buxoro viloyatidagi sayyor qabulida 695 nafar fuqaro ariza bilan murojaat qildi.
Toshkentda jarima qo‘llanilganidan so‘ng tilanchilik qilgani uchun takroran qo‘lga olingan 59 yoshli ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslikka qaror qilindi.
Majburiy obuna uyushtirganlikda ayblanib ishdan bo‘shatilgan yangiyo‘llik maktab direktori o‘z vazifasiga qayta tayinlandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston hukumati so‘rovi bo‘yicha 2010 yilda «Ilhom» teatri asoschisining o‘limida ayblanib qamalgan Yoqub G‘afurovni vaqtincha qo‘shni davlatga topshirdi.
26−30 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida «Stop-trafik» tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlangan Matilda Dimovskani qabul qildi.
«Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali» MCHJ direktori v.b. M.B. fuqaro S.O‘.ni TDIUga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15 000 dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting