Toshkent hokimiyati qoshidagi jamoatchilik kengashi o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazib, tarkibni e’lon qildi.
Belgiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida ortda borayotgan bo‘lishiga qaramay, yakunda g‘olib bo‘ldi va mundial chorak finaliga chiqdi.
Toshkentdagi Puchon universiteti maktabgacha ta’lim, koreys tili, arxitektura va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki talabalarni qabul qiladi.
Neymarning bir goli va gol bilan yakunlangan pasi Braziliyaga Meksika ustidan g‘alaba keltirdi.
15 iyuldan eng kam ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori o‘rtacha 7 foizga oshiriladi.
Sportchilarni jahon va Osiyo chempionatlari, olimpiya o‘yinlari va musobaqalarga tayyorlash uchun 5 ta markaz tashkil etiladi.
DSQ rahbari Begzod Musayev 2005 yildagi soliq islohotlari natijasida tadbirkorlar autsorsing qo‘llay boshlaganini ma’lum qildi.
15-iyuldan eng kam maoshni 7 foizga oshirish rejalashtirilmoqda, deya axborot berdi iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari. Yarim yilda inflyatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil etdi.
Ulug‘bek Lapasov Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili etib tayinlandi.
Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etilmoqda. Uning zimmasiga mamlakatda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
Jinoyatlar soni yil boshidan buyon 40 foizga kamaydi, deya xabar qildi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatdagi hisobotida.
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat soliq tizimida «Sovet davri» unsurlari borligini aytdi.
Mehnat vazirligi Buyuk Kelajak ekspertlarini vazirning shtatsiz maslahatchisi lavozimiga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Toshkent viloyatining «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qoshida kichik GES qurish ishlari joriy yilning iyun oyida boshlangan.
Xorvatiya termasi penaltilar seriyasida Daniya ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionati-2018 chorak finaliga chiqdi.
Rossiya termasi jahon chempionati-2018 da penaltilar seriyasida Ispaniya jamoasini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuvda Fransiya Argentinadan ustun keldi va chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylandi.
Toshkentning Muqimiy ko‘chasida loyiha mualliflarining xatolarini to‘g‘irlash davom etmoqda. Shu doirada yana bir chorraha ochildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkentda mardikor ayollar muammosini o‘rganish, ularni doimiy ish va uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.
Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida yoshlar hayotda o‘z mustahkam o‘rnini topishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishiga ishonch bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting